Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Samvel Babayan Temurxo‘ja Abduxoliqovni terma jamoa yig‘iniga taklif qildi

Samvel Babayan Temurxo‘ja Abduxoliqovni terma jamoa yig‘iniga taklif qildi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda "Lokomotiv" futbolchilari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Mazkur yig‘in 21 yanvarga qadar davom etadi.

Jahon chempionati saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham 21-24 yanvar kunlari Dubayda qisqa muddatli yig‘in tashkil etadi. Bunda terma jamoamiz 22 yanvar kuni Daniya (U-23) terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu o‘rtoqlik o‘yiniga "Lokomotiv" futbol klubidan 9 nafar futbolchi chaqiruv oldi.

Bular - darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachilar Bobur Yo‘ldoshev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, yarim himoyachilar Sardor Mirzayev, Server Jeparov, Sanjar Shoahmedov hamda hujumchilar Marat Bikmayev bilan Temurxo‘ja Abduxoliqov. Demak, bu futbolchilar Toshkentga "Lokomotiv" tarkibida emas, balki Daniya (U-23)ga qarshi nazorat bahsidan so‘ng terma jamoa bilan qaytishadi.

Shuni aytish lozim, o‘tgan mavsum to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqov nihoyat ilk bor terma jamoa yig‘inida ishtirok etadi. Bundan tashqari, "temiryo‘lchilar" safiga yaqinda kelib qo‘shilgan himoyachi Shuhrat Muhammadiyev ham bosh jamoadan taklif olgan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:43, 13.01.2017.
O'qildi: 15323 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик