Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«Real» himoyachisi Serxio Ramos «Barselona» yarimhimoyachisi Inyestadan ko‘proq gol urgan

«Real» himoyachisi Serxio Ramos «Barselona» yarimhimoyachisi Inyestadan ko‘proq gol urgan

Baho:
+ | -

Sport nashrining Twitter’dagi sahifasi Serxio Ramos hamda Andres Inyestaga taalluqli gollar statistikasiga e’tibor qaratdi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchilik karyerasi davomida Serxio Ramos Andres Inyestaga qaraganda 5 ta ko‘proq gol urgan. Faoliyatini «Sevilya» futbol klubida boshlagan va 2005 yilgi mavsumga kelib «Qirollik klubi»ga ko‘chib o‘tgan Serxio Ramos hozirga qadar raqiblar darvozasiga 77 ta gol urgan. Karyerasining dastlabki yillaridan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelayotgan Andres Inyestaning umumiy gollari esa 72 tani tashkil qiladi.

Nashr bejizga bu ikki futbolchini tanlab olmagan. Biri Madridning «Real», ikkinchisi esa Kataloniyaning «Barselona» klubini maydonga sardor sifatida boshlab tushadi. Qiziq tomoni, Serxio Ramos himoya pozisiyasida to‘p suradi, shunga qaramay gollari soni hujumga nisbatan yaqinroq o‘ynaydigan Andres Inyestanikidan ko‘p.

Ma’lumot uchun, Andres Inyesta «Real»dagi raqibi va Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshi hisoblangan Serxio Ramosdan 2 yoshga katta. Inyesta 1984 yilning 11 may sanasida tug‘ilgan. Serxio Ramos esa 1986 yilning 30 mart kuni dunyoga kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:19, 13.01.2017.
O'qildi: 9933 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.