Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mxitaryan: "Kloppning "Liverpul"i juda qiziq futbol ko‘rsatyapti"

Mxitaryan: "Kloppning "Liverpul"i juda qiziq futbol ko‘rsatyapti"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan "Liverpul" bilan uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.

"Liverpul" bilan yakshanba kungi o‘yinni hamma kutyapti. Men birinchi davrada "Enfild"dagi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edim, ammo shunga qaramay, bu o‘yinning ahamiyatini tushunaman. Bu qarama-qarshilikning tarixini yaxshi bilaman.

Men bu saviyadagi derbilarda birinchi marta o‘ynayotganim yo‘q. Biz bu uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun hamma narsa qilishimiz kerak, chunki bu tarixga kiradi. Bundan tashqari, bizga uch ochko kerak.

Klopp buyuk murabbiylardan biri, u jamoasini yangi saviyaga olib chiqdi. Kloppning jamoasi juda qiziq o‘yin ko‘rsatadi. O‘ylashimcha, juda yaxshi o‘yin bo‘ladi.

Kloppo‘yinchilarga o‘ziga ishonch bag‘ishlashni biladi, ularning eng kuchli tomonlarini ishga sola biladi, u buni juda yaxshi bajarmoqda", - deydi Mxitaryan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:43, 14.01.2017.
O'qildi: 6184 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик