Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Temurxo‘ja Abduxoliqov: “Lokomotiv”da ajoyib damlarni o‘tkazdim

Temurxo‘ja Abduxoliqov: “Lokomotiv”da ajoyib damlarni o‘tkazdim

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 2016 yilgi mavsum to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqov “Lokomotiv”ni tark etdi va Qatarning “Al Sayliya” klubiga yo‘l oldi. Endilikda mahoratli hujumchi arab jamoasi sharafini himoya qiladi.

Temurxo‘ja Abduxoliqov “Loko” safida ancha mazmunli va muvaffaqiyatli to‘p surdi. Uning jamoamiz oldida xizmatlari e’tirofga sazovor. Shu sababli ham uning yangi jamoasiga qay tariqa o‘tgani va “Lokomotiv” ishqibozlariga tilaklarini bilish maqsadida Temurxo‘jadan intervyu oldik.

— Temurxo‘ja, odatiy savol. Qatar varianti qanday yuzaga keldi?

— Qishki yig‘inlarimiz boshlangach “Lokomotiv” bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan edim. Bu orada Qatar jamoasidan taklif kelib tushdi. Qolaversa, qatarliklar “Lokomotiv” rahbariyatini ham ko‘ndira olishdi. Natijada men “Al Sayliya” a’zosiga aylandim.

— Oldingizda boshqa takliflar ham bor edimi?

— Rostini aytsam, takliflar bor edi. Biroq “Lokomotiv” bilan shartnomam bo‘lgani boisdan ko‘p ham bo‘layotgan takliflarga jiddiy qaramayotgan edim. Biroq bu safargi taklif har tomonlama qiziq tuyuldi va “Loko”dagilar bilan maslahatlashgach, unga rozilik berdim.

— Taklifga «Loko» rahbariyati qanday munosabat bildirdi?

— “Lokomotiv” jamoasi rahbariyatidan juda ham mamnunman. Ular meni qo‘llab-quvvatlashdi va “Al Sayliya”da menga omad tilashdi.

— «Lokomotiv» bilan xayrlashish qanday kechdi? Qiyin bo‘lmadimi?

— “Lokomotiv” bilan xayrlashish oson bo‘lgani yo‘q. Zero qisqa davr mobaynida men ushbu jamoada juda ajoyib damlarni boshdan kechirdim. Alamli mag‘lubiyatlar va juda-juda ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritdim. Shu boisdan “Loko”ni tark etish oson bo‘lmadi. Umid qilamanki, hali bu jamoaga yana qaytaman.

— Ma’lumki, «Lokomotiv» tarkibida to‘p tepib O‘zbekiston chempioni hamda Kubok sohibi bo‘ldingiz. Qolaversa, to‘purarlik ham sizga nasib etdi. Natijada klub muxlislari tezda yoqtirib qolishdi. Endilikda ko‘pchilik hayron: Temurxo‘jaga nimaga ketdi deb. Bu borada nima deya olasiz?

— Rostini aytadigan bo‘lsam, o‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rish ishtiyoqi juda kuchlilik qildi. Zero xorijiy ligalarda to‘p surish orqali futbolchi ancha o‘sadi. Mana endi Qatar chempionatida o‘z kuchimni sinab ko‘raman.

— Nima deb o‘ylaysiz, «Lokomotiv»ni bir nechta futbolchilar tark etgan bo‘lishiga qaramay, jamoa bu yil ham chempionlik uchun kurasha oladimi? Bu borada fikringiz qanday?

— Menimcha, jamoa hech ham kuchsizlanmaydi. Zero “Loko” qishki transferlar paytida anchagina yaxshi haridlarni amalga oshirdi. Tarkibga qo‘shib olingan futbolchilar ancha mahoratli. Shuning uchun ham “Lokomotiv”ning yangi mavsumda ham o‘tgan yilgi muvaffaqiyatlarni takrorlay olishiga ishonaman. Nasib etsa, jamoa yangi mavsumda Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatga erisha oladi.

— Shu o‘rinda jamoamiz muxlislariga nima degan bo‘lardingiz?

— Shu o‘rinda “Lokomotiv”ning ahil jamoasiga va uning ajoyib ishqibozlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Zero bu jamoada ajoyib damlarni o‘tkazdim. Bu vaqt ichida meni barcha qo‘llab-quvvatlab turdi. Ana endi men ham “Loko”ga muxlislik qilaman, uning har bir g‘alabasidan quvonaman. “Lokomotiv”ning muxlislariga omad va bir olam quvonch tilayman. Umid qilamanki, hali yana uchrashamiz!

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:46, 16.01.2017.
O'qildi: 7989 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.