Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Server Jeparov: “Istiqlol” g‘alabalariga hissa qo‘shib, klub muxlislarini xursand qilmoqchiman

Server Jeparov: “Istiqlol” g‘alabalariga hissa qo‘shib, klub muxlislarini xursand qilmoqchiman

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi, bir necha kun avval Eronning "Istiqlol" klubi a’zosiga aylangan Server Jeparov yangi jamoaga o‘tishi, klub istiqboli va bo‘lajak raqiblari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.  

O‘zbekistonlik futbolchi “Istiqlol” bilan shartnoma imzolaganidan mamnun ekanini aytib o‘tdi. 

– “Istiqlol” klubi bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. Klub katta tarixga ega ekani hamda ko‘plab muxlislari borligini bilaman. “Istiqlol” g‘alabalariga hissa qo‘shib, muxlislarni xursand qilishga umid qilaman, – dedi 35 yoshli yarim himoyachi.

Server Jeparov “Istiqlol”ga tegishli bo‘lgan hamda 95 225 muxlisga mo‘ljallangan “Ozodi” stadioni haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

– “Ozodi”stadioni juda katta va go‘zal. O‘zbekiston termasining Eronga qarshi uchrashuvlarida bu erga kelganman. Stadiondagi muhit o‘zgacha, – deydi Jeparov.

Shuningdek, tajribali yarim himoyachi “Istiqlol”ning Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniridagi imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi. Tehron klubi guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off bosqichida Qatarning “Al-Sadd” klubiga qarshi bahs olib boradi.

– “Al-Sadd”ga qarshi o‘yin oson bo‘lmaydi. Ammo Osiyo Chempionlar Ligasining kamida chorak finaliga chiqishga umid qilamiz. “Istiqlol” bosh murabbiyi Alirizo Mansurian menga ishonch bildirda va bu ishonchni oqlashga harakat qilaman, – deya fikrini yakunladi Jeparov.

Ma’lumot uchun, Eron Pro Ligasi vakili – Tehronning “Istiqlol” klubi joriy mavsumda 16-turdan keyin 25 ochko bilan 16 ta jamoa orasida 5-pog‘onani egallab turibdi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:46, 17.01.2017.
O'qildi: 6670 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.