«Man Siti» ustozi Pep Gvardiola «Everton» (0:4) klubidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng shogirdlarini hayron qoldirdi.
The Mirror xabariga ko‘ra, o‘yindan keyin kiyinish xonasiga kirgan mutaxassis barchani yaxshi o‘yin bilan tabriklagan. Bu bilan u «Man Siti» futbolchilarini taajjubda qoldirgan.
Biroq keyinchalik, Pep o‘ziga xos bo‘lgan ruhiy uslubdan foydalanib, shogirdlarini ko‘nglini ko‘tarmoqchi va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotilishini oldini olmoqchi bo‘lgani aniqlangan.