Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Denis Istomin bitta g‘alaba bilan Twitter’ning jahon trendiga chiqdi

Denis Istomin bitta g‘alaba bilan Twitter’ning jahon trendiga chiqdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Australian Open’ning ikkinchi davrasidagi kutilmagan g‘alabasi bilan nafaqat jahon nashrlari sarlavhalarida, balki Twitter’ning jahon trendida ham paydo bo‘ldi.

Denis Istomin 19 yanvar, payshanba kuni Avstraliya ochiq chempionati ikkinchi davrasi doirasida jahonning ikkinchi raketkasi, musobaqaning esa olti karra va shu bahsgacha amaldagi g‘olibi sanalgan serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi.

Bungacha Jokovichga qarshi besh marta bahs olib borib, faqat bitta setda g‘alaba qozongan Istomin bu safar serbiyalik tennischiga qarshi besh set mardonavor kurash olib borib, setlar bo‘yicha 3:2 hisobi bilan g‘alaba qozondi va sensasion natija qayd etdi.

Istomin — Jokovich bahsi yakuniga yetishi bilan, har ikkala tennischining familiyasi Twitter’da eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi. O‘yin tugagan vaqtda Istominning familiyasi trendda ikkinchi o‘rinda, Jokovichniki esa to‘rtinchi o‘rnida turgan edi.

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonga bog‘liq mavzularning, ayniqsa sport tadbirlari vaqtida Twitter’ning jahon trendiga chiqishi odatiy holga aylangan. Jumladan, 2016 yilning fevral oyida Saudiya Arabistoni futbol klublariga qarshi to‘p surgan Toshkentning «Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari Twitter’da eng ko‘p muhokama qilingan mavzular qatoridan o‘rin ola bilgan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning o‘zida turli sanalar, tadbirlar munosabati bilan u yoki bu kalit so‘zlar (heshteglar)ni Twitter trendiga chiqarish bo‘yicha tashabbuslar 2012 yildan beri mavjud. O‘tgan yillar davomida #uzb21, #uzb22, #uzb24, #IrmatovBest, #Navoiy575, #BoburDay kabi heshteglar mahalliy faollarning harakatlari bilan Twitter trendiga chiqarilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:43, 19.01.2017.
O'qildi: 17167 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.