Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Sirojiddin Rahmatullayev: «Mash’al» tarbiyalanuvchisi bo‘lganim bilan faxrlanaman

Sirojiddin Rahmatullayev: «Mash’al» tarbiyalanuvchisi bo‘lganim bilan faxrlanaman

Baho:
+ | -

«Mash’al» futbol maktabidan yetishib chiqqan bir qator istedodli futbolchilar bugun nafaqat yurtimizda balki, Osiyo mamlakatlarining bir qator chempionatlarida muvaffaqiyatli to‘p surib kelmoqdalar.

Ana shunday futbolchilardan biri, ayni paytda Malaziya chempionatida to‘p surayotgan Sirojiddin Rahmatullayev bilan qisqa suhbat uyushtirdik.

Men bolaligimdan futbolga qiziqardim, Millionlar o‘yiniga mehrim bo‘lakcha edi. Futbolchi bo‘lishimga dadam sababchi bo‘lganlar 8 yoshimdayoq futbol sir asrorlarini o‘rgana boshladim va 2007 yil fevralida men uchun qadirdon «Mash’al» akademiyasiga kelganman, akademiyadagi ustozlarim Boris Serastanov va Vadim Shakirjanovlar meni haqiqiy professional futbolchi bo‘lib yetishib chiqishimga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Bir so‘z bilan aytganda «Mash’al»dan qarzdorman va ushbu kulubda tahsil olganim bilan faxrlanaman.

-Siz Malaziyaning «Bola Sepak ATM» jamoasi a’zosisiz bu jamoadagi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

-Jamoamda meni hamma sharoitlar va qulayliklar to‘liq qoniqtiradi. Avvaliga ko‘nikish biroz qiyin bo‘ldi endi esa ancha moslashib oldim.

-ATM da qaysi chiziqda to‘p surayapsiz?

-Avvaldan o‘zi yarim himoyachi bo‘lganman, hozirham ayni shu chiziqda to‘p suraman, bu menga yoqadi.

-«Mash’al» safidagi debyutingizni eslay olasizmi?

-Ha bu kechagiday esimda, Farg‘onada 2012 yil «Neftchi»ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda meni o‘sha vaqtdagi murabbiy Fomichov asosiy tarkiba maydonga tushirgandi.

-«Bola Sepak ATM» bilan yangi shartnoma imzoladingizmi

-Men Yaqinda «Bola Sepak ATM» bilan yangi shartnoma imzoladim. Kecha Malayziya Premyer-ligasida debyut uchrashuvimni o‘tkazdim.

-Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

-Kelajakda «Mash’al» safida O‘zbekiston chempioni bo‘lishni orzu qilaman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 15:10, 21.01.2017.
O'qildi: 5828 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.