Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Yana sensasiya bo‘ladimi? Istomin AO-2017 nimchorakfinalida dunyoning 15-raketkasiga qarshi kortga chiqadi

Yana sensasiya bo‘ladimi? Istomin AO-2017 nimchorakfinalida dunyoning 15-raketkasiga qarshi kortga chiqadi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open–2017 turnirining nimchorak finalida ATP reytingida 117-o‘rinda borayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin dunyoning 15-raketkasi – bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga tushadi.

Nimchorak final yo‘lida Istomin avval ATP reytingida 170-o‘rinda borayotgan xorvatiyalik Ivan Dodigni (6:1, 6:4, 3:6, 7:5), keyin esa jahonning 2-raketkasi Novak Jokovichni (7:6, 5:7, 2:6, 7:6, 6:4) sensasion tarzda mag‘lubiyatga uchratib, xalqaro nashrlarning e’tiboriga tushdi. Uchinchi davrada esa o‘zbekistonlik tennichi dunyoning 31-raketkasi – ispaniyalik Pablo Karreno Bustaga (6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2) imkoniyat qoldirmadi.

Grigor Dimitrovning 1/8 finaliga qadar yo‘li biroz oson kechdi. Birinchi davrada u avstraliyalik Kristofer O‘Konnellni (ATP 231-o‘rin), ikkinchi davrada Janubiy koreyalik Xyon Chungni (ATP 105-o‘rin) mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi davrada esa Dimitrov dunyoning 18-raketasi – fransiyalik Rishar Gaskeni taslim qildi.

30 yoshli Istomin bolgaliyalik 25 yoshli tennischi bilan atigi bir marta to‘qnash kelgan. 2014 yili Shanxaydagi Masters turnirida Grigor Dimitrov 6:3, 6:3 hisobida Istomindan ustun kelgandi.

Denis Istomin va Grigor Dimitrov o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi ertaga, 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, Australian Open–2017 turnirining nimchorak finaliga chiqqan O‘zbekiston vakili 165 ming dollar mukofot puli va 90 reyting ochkosini naqd qilib bo‘ldi. Agar u chorak finalga yo‘l olsa, 330 ming dollar va 360 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:07, 22.01.2017.
O'qildi: 11792 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.