Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Denis Istomin AO-2017 musobaqasini tark etdi

Denis Istomin AO-2017 musobaqasini tark etdi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open–2017 turnirining nimchorak finalida ATP reytingida 117-o‘rinda borayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin dunyoning 15-raketkasi – bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga tushdi.

Ikki yarim soat davom etgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 4 set natijasiga ko‘ra 6:2, 6:7, 2:6, 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Ikkinchi set oxirlarida Istomin chap oyoq sonining orqa qismini shikastlab oldi va bu uning o‘yin natijasiga ta’sir qildi.

«Daryo» o‘z o‘quvchilari orasida mazkur uchrashuvda kim g‘olib bo‘lishi borasida so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Unda ishtirok etgan 3,5 ming respondentning 88 foizi o‘zbekistonlik tennischining g‘alabasini taxmin qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Istomin bunga qadar ATP reytingida 170-o‘rinda borayotgan xorvatiyalik Ivan Dodigni (6:1, 6:4, 3:6, 7:5), keyin esa jahonning 2-raketkasi Novak Jokovichni (7:6, 5:7, 2:6, 7:6, 6:4) sensasion tarzda mag‘lubiyatga uchratgandi. Uchinchi davrada esa o‘zbekistonlik tennichi dunyoning 31-raketkasi – ispaniyalik Pablo Karreno Bustaga (6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2) imkoniyat qoldirmagan edi.

Qayd etish joiz, Australian Open–2017 turnirining nimchorak finaliga qadar yetib borgan Istomin 165 ming dollar mukofot puli va 90 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, bolgariyalik tennischi Australian Open—2017 chorak finalida Belgiya vakili David Goffenga qarshi bahs olib boradi.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:10, 23.01.2017.
O'qildi: 15256 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.