Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Hayot ezgulik uchun berilgan. 2016 yilning g‘aroyib voqealari

Hayot ezgulik uchun berilgan. 2016 yilning g‘aroyib voqealari

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, bu yorug‘ olamda eng bebaho bo‘lgan hayot insonga bir marta beriladi. Insonning toji bo‘lmish oliy janoblik xislati esa ana shu bebaho ne’matni behuda o‘tkazmaslikka, iloji boricha ezgu amallar bilan o‘tkazishga undaydi. Shu xayrli ishlar hayotga betakror go‘zallik baxsh etadi. Tabiiyki, futbol olami ham bu fazilatdan chetda qolmagan. Ortda qolgan 2016 yil ham ibrat bo‘ladigan ko‘plab ishlar guvohiga aylandi.

11 yanvar. Maydoncha saqlab qolindi

«SKA-Energiya» klubining gruziyalik himoyachisi Kaxaber Aladashvili qishki ta’tilga chiqdi-yu, uyi tomon oshiqdi. Maqsadi - o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini boshlanguncha ma’shuqasi bilan Tbilisida ko‘ngilli hordiq chiqarish edi. Biroq shaharda uni intiqlik bilan kutayotgan bosh­qa kishilar ham yo‘q emasdi - hamshaharlari Kaxaberdek taniqliroq shaxsning ko‘magiga muhtoj bo‘lib qolishgandi. Boisi, Aladashvili, Gogita Gogu va Otar Marsveladze kabi ko‘pgina futbolchilarga bolalikdan qadrdon bo‘lib qolgan futbol maydonchasi yo‘q bo‘lish arafasida edi. Hududni xarid qilgan biznesmen maydonchaga tegmaslikka va’da bergan, lekin keyinchalik «aynib» qolgandi. Xullas, Kaxaber futbol olamidagi tanishlari va qo‘ni-qo‘shnilari yordamida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib, unga matbuot vakillari va san’atkorlarni ham chaqirdi. Ular maydonchada tekin konsert namoyish etishdi. Jumladan, Aladashvilining o‘zi ham qo‘shiq aytdi. Tadbirda shuningdek, Gogita Gogua, Solomon Kvirkveliya kabi taniqli futbolchilar, Gruziya FF prezidenti Levan Kabiashvili ishtirok etishdi. Martabali mehmonlar safidan joy olgan Tbilisi meri David Narmaniya tadbir so‘ngida futbol maydonchasi o‘z faoliyatini davom ettirishini e’lon qildi.

20 yanvar. Futbolchi kuchuk

Braziliyaliklar futbol afsungarlari ekanligiga ko‘nikib qolganmiz. Sohil bo‘yi shaharlarining aholisi tomonidan plyaj futbolida namoyish etilayotgan tomoshalar, hatto qizlar ijrosidagi «fokus»lar ham hech kimni ajablantirmaydi. Biroq Rio-de-Janeyroda kuchukni to‘p bilan muomala qilishga o‘rgatganliklaridan lol qolmaslikning iloji yo‘q. U yerdagilarning hazillariga ko‘ra, yaqinda daraxtlarni ham jarima zarbalari berishga o‘rgatisharmish!

11 fevral. Eng yaxshi gol muallifi - 9 yoshli bolakay!

«Everton»-«Suonsi» uchrashuvining tanaffus paytida yashil maydonda 9 yoshli Jorj paydo bo‘ldi. Bolakay bosh miya falajiga mubtalo bo‘lgandi. U o‘sha oqshom qo‘rquvni yengib, darvoza tomon zarba yo‘lladi. 11 fevral kuni muxlislar yanvar oyi­ning eng chiroyli goli sifatida Jorjning goliga ovoz berishgani e’lon qilindi. Shu tariqa bolakay maxsus sovrin bilan taqdirlandi, «Everton»da mehmon bo‘ldi va futbolchilar bilan to‘p surdi.

21 aprel. Xasta muxlisning orzusi ushaldi

Asli kelib chiqishi britaniyalik bo‘lgan 51 yoshli Toni Skeffington Avstraliyada yashagan bo‘lsada, «Lester» muxlisi edi. U doimo suyukli jamoasi chempionligini orzu qilib, 2015 yil avgustda «kon» tikkandi. Aniqrog‘i, saraton xastaligiga yo‘liqqan Toni rafiqasidan «Lester»­ning chempionligi uchun 2 dollar tikishni iltimos qilgandi. Ayol esa yanglishib, 20 dollar tikdi. Shifokorlar taxminiga ko‘ra, Skeffington ancha avvalroq hayotdan ko‘z yumishi kerak edi. Ammo bemor bir yil avval elitada o‘z o‘rnini arang saqlab qolgan «tulkilar»ning zafarli yurishini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat «Lester» shohsupaga ko‘tarilganini kuzatish unga nasib etmadi - o‘tgan yilning aprelida hayotdan ko‘z yumdi. Biroq uning 20 dollari «Lester» tufayli 3000 baravarga ko‘paydi.

25 iyun. Raqib jamoa muxlisiga ko‘mak

Yevro-2016ning Uels-SHim.Irlandiya nimchorak final bellashuvida ajib voqea yuz berdi: uelslik bolakay stadionda otasini yo‘qotib qo‘ydi. Bundan xabar topgan Shim. Irlandiya muxlislari bolakayga o‘z otasini topishi oson bo‘lishi uchun bir necha daqiqa cho‘kkalab o‘tirishdi. Natijada bolakay otasini tezda topib oldi.

1 iyul. Belgiyaliklar uchun xayrlashuv yo‘lagi

Bu e’tiborga molik voqea ham Yevro-2016 turnirida yuz berdi. Faqat Parijda emas, balki Lillda. Shu shaharda bo‘lib o‘tgan chorak final bahsida Uels Belgiyadan ustun keldi. Tabiiyki, Garet Beyl jamoasi muxlislari ko‘tarinki kayfiyatda edilar. Ular mag‘lub jamoa muxlislarini hurmat-ehtirom bilan kuzatib qo‘yishga ahd qilib, stadion yaqinidagi metro stansiyasida jonli yo‘lak hosil qildilar. Shu tariqa belgiyalik ishqibozlar tiqilinchlarga duch kelmasdan, stadionni ortiqcha muammolarsiz tark etishdi. Futbol turli millat vakillarini birlashtira olishini mana shu misolda ko‘rish mumkin.

16 iyul. Azaliy raqibning odamiyligi

«Arsenal»-«Tottenxem» derbisi Angliyadagi eng keskin qarama-qarshiliklardan biri ekanligi barchaga ma’lum. O‘yin bir jamoa muxlisining raqib ishqiboziga muruvvat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilolmadi. Bemor bo‘lib qolgan «taqachilar» muxlisi Tim Ridni hayotga qaytarish uchun sog‘lom buyrak kerak edi. «To‘pchilar» muxlisi o‘z buyragini berishga rozi bo‘ldi. Bundan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilgan Rid «Feysbuk» orqali o‘z minnatdorchiligini izhor etdi: «Men va oilam uchun bu yigitning qilgan yaxshiligini so‘z bilan ifodalashning iloji yo‘q. Meni o‘lim yoqasidan hayotga qaytardi, hayotini xavf ostida qoldirib, buyragini menga berdi. Biz azaliy raqib jamoalarga muxlislik qilsakda, u mening eng yaqin do‘stimga aylandi».

24 iyul. Xasta bolakayga shartnoma

Lissabonning «Sporting» klubi 5 yoshli bolakay bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, saraton xastaligiga chalingan Fransisko mavsumning ilk bellashuvida jamoani maydonga olib tushdi. «Fransisko bilan kelishuvga erishganimizdan mamnunman. U «Sporting» tarixidagi yangi davrni boshlab berdi. Jamoamiz 110 yillik tarixga ega. Fransisko  kabi muxlislar bilan bundan ham ko‘proq va zafarliroq davrni bosib o‘tishimizga umid qilaman», - dedi klub prezidenti Brunu de Karvalyu.

26 oktyabr. «Real Sosyedad» boshpanasiz kishiga ish berdi

Uysiz qolgan Ruben 3 yil ko‘chada hayot kechirdi. Oxirgi 8 oyni u «Anoeta» stadioni yaqinida o‘tkazgani bois, jamoa mutasaddilarining e’tiborini tortdi. Ular daydini kiyim-kechak, yegulik bilan ta’minlashdi, keyin ikki oylik shartnoma imzolashdi. Endi Ruben «Real Sosyedad»ning uy uchrashuvlarida stadion xizmatchilariga ko‘maklashmoqda. Agar u 2 oylik faoliyati uchun ijobiy baho olsa, doimiy shartnomaga ega bo‘ladi.

5 noyabr. Nogiron bolakay «Chelsi» stadionida

«Krasnodar» klubining sobiq bosh murabbiyi Oleg Kononov «Chelsi»-«Everton» uchrashuviga tashrif buyurib, «Stemford Brij»dagi bolalar mashg‘ulotini kuzatdi. Qizig‘i, ular orasida nogiron bolakay ham bor edi. Bunday oliy janoblikdan to‘l­qinlangan Kononov mashg‘ulotni tasvirga olib, «Feysbuk»ka joyladi.

20 noyabr. Fanatlar hamdardligi

Onasining vafoti tufayli «Fe­yenoord» yarim himoyachisi Tonni de Vilyen 2ta uchrashuvda maydonga tusholmagandi. Keyinchalik u safga qaytdi. Muxlislar unga hamdardlik sifatida mobil telefonlaridagi chiroqlarini yoqib, marhumaning xotirasiga qo‘shiq kuyladilar.

21 noyabr. Avlodlar almashishdi

Garchi Italiya chempionati Ispaniya yoki Angliya birinchiliklaridan ustun bo‘lmasada, o‘z an’analari, o‘ziga xos nozikta’b muxlislariga ega. Yaqinda bo‘lib o‘tgan «Yuventus»-«Milan» bellashuvida har qanday loqayd tomoshabinni ham to‘lqinlantiradigan voqea yuz berdi. Unda Italiya terma jamoasining ikki darvozaboni o‘zaro bellashdilar. E’tiborlisi, faxriy Buffon bilan uning asosiy vorisi bo‘lmish Donnarummaning yoshi o‘rtasidagi farq 21 yil. Nomdosh kasbdoshlar o‘yindan keyin bir-birlari bilan libos almashishdi. Bu ham o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etdi - Italiya futbolining o‘tmishi va kelajagi bitta kadr­da mujassam!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:04, 25.01.2017.
O'qildi: 8637 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.