«Borussiya» klubining ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vaske hujumchi Pyer-Emerik Obameyangning narxini e’lon qildi.
«Biz hech qachon futbolchini «Borussiya» tarkibida umrbod qoladi deb kafolat berolmaymiz. Ammo bizni kuchimiz – yaxshi futbolchilarni topishda.
Agar kimdir 80 mln yevro taklif qilsa, Obameyangning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazamiz va uni qo‘yib yuboramiz» - dedi Vaske Kicker TV efirida.