«Selta» hujumchisi Yago Aspas «PSJ» klubiga o‘tmasligini ma’lum qildi.
«Ha, «PSJ» boshqa jamoalar qatori men bilan qiziqqan edi. Ammo rahbariyat men bilan xayrlashmagunga qadar «Selta»da qolaman. Men Ispaniyada oilam va ota-onam bilan baxtiyorman. «Selta»da o‘ynashni har doim orzu qilganman va faoliyatimni shu yerda yakunlayman» - dedi futbolchi Cadena Ser xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli futbolchi «Selta» tarkibida 243 o‘yin o‘tkazib, 87ta gol urgan.