Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Jamshid Saidov "Buxoro"dan nima uchun iste’foga chiqarilganini bilmaydi

Jamshid Saidov "Buxoro"dan nima uchun iste’foga chiqarilganini bilmaydi

Baho:
+ | -

2016 yilgi mavsumning kashfiyot jamoasiga aylangan «Buxoro» klubida kuni kecha jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.

23 yanvar, dushanba kuni klub rahbariyati yig‘ilish o‘tkazib, Jamshid Saidov va Tachmurod Agamurodov boshchiligidagi murabbiylar shtabini iste’foga chiqardi. Natijada klubning bir qator yetakchi futbolchilari ham jamoani tark etish arafasida turishibdi.

O‘tgan mavsumda Oliy Ligada 4-o‘rinni egallab, muxlislar tashrifi borasida ham eng yetakchi jamoaga aylangan «Buxoro» klubi atrofida ro‘y berayotgan gap-so‘zlar hech kimni bee’tibor qoldirmayapti. Klub odatdagidek yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda keskin o‘zgarishlarning yuz berishi ajablanarli bo‘ldi. Endi klubni kim boshqaradi va jamoa tarkibi qanday ko‘rinish oladi?

Klubdagi vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida «Buxoro» bosh murabbiyi Jamshid Saidovga murojaat qilganimizda, murabbiy ham iste’foga chiqarilganligini ma’lum qildi.

— Jamshid aka, to‘g‘risi, “Buxoro” klubida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar barchamizni hayron qoldiryapti. Klubda nimalar bo‘lyapti?

— Buxoro viloyat hokimiyatda yig‘ilish bo‘ldi, u yerdan chiqqanimizga ikki soat bo‘ldi. Unda klubdan ketishimizni ma’lum qilishdi. (suhbat dushanba kuni o‘tkazilgan)

— Bunday iste’foni qanday qabul qildingiz?

— Hammasi joyida. Rahbarlarga yoqmagan bo‘lsak, yana nima ham qila olardik. Balki boshqa murabbiylarga ishonch bildirishayotgandir. To‘g‘risi, klubdan ketishimizga qanday sabab bo‘lganini bilmadim.

— Bungacha “Buxoro”ni yangi mavsumga o‘zinglar tayyorlayotgandinglar. Yanvar oyi ham tugab boryapti. Tayyorgarlik rejasi davom etayotgandi. Bunday paytda o‘z munosabatingizni ham bildirdingizmi?

— Meni ham to‘g‘ri tushuning. Oradan ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng nima uchun bunday o‘zgarishlar bo‘lganini aytishim mumkin. Anig‘i shuki, rahbariyatning qarori bilan ishdan bo‘shadik.

— Endi tarkib nima bo‘larkin? Har holda hammasi sizlarning rejalaringiz asosida davom etayotgandi…

— Biz endi futbolchilarga hech nima ayta olmaymiz. Yangi rahbariyat tarkib masalasida shug‘ullanishga kirishadi. Endi bizning “Buxoro” klubiga aloqamiz yo‘q. Vaziyat bunday tus olishini umuman kutmagandik.

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 22:16, 25.01.2017.
O'qildi: 7018 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.