Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Selta 1-2 Real Madrid
20/10 15:00 Neftchi 2-2 Navbahor
20/10 15:30 Empoli 0-1 Napoli
20/10 17:00 Malyorka 1-0 Rayo Valyekano
20/10 17:15 Olimpik 1-0 Qizilqum
20/10 18:00 Lechche 0-6 Fiorentina
20/10 18:00 Venetsiya 0-2 Atalanta
20/10 18:00 Vulverhempton 1-2 Manchester Siti
20/10 19:15 Atletiko 3-1 Leganes
20/10 20:30 Liverpul 2-1 Chelsi
20/10 21:00 Kalyari 3-2 Torino
20/10 21:30 Vilyarreal 1-1 Xetafe
20/10 23:45 Roma - Inter
21/10 00:00 Barselona - Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona - OKMK
21/10 23:45 Verona - Monsa
22/10 00:00 Valensiya - Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas

Pavlyuchenko: «Vazifam – «Ural»ga yordam berish»

Pavlyuchenko: «Vazifam – «Ural»ga yordam berish»

Baho:
+ | -

Bir paytlari Londonning «Tottenhem» klubida to‘p surgan Roman Pavlyuchenko ayni paytda Yekaterinburgning «Ural» jamosida o‘ynamoqda. Dekabr oyida o‘zining 35 yoshini qarshilagan futbolchi «Sovetskiy sport» nashriga intervyu berdi.

- Ahvollaringiz qanday, Roman?

- Hammasi yaxshi. Dushanba kuni tibbiy ko‘rik. Seshanbadan mashg‘ulotlarni boshlaymiz.

- Tekshiruvdagi eng qiyini yugurish yo‘lakchasimi?

- Aslida, eng qiyini - yig‘inlar.

- Bayram paytida formangizni ushlab turdingizmi?

- Ha. Bizga mashg‘ulotlar grafigini berishgandi. To‘g‘risini aytsam hammasini ko‘rsatilgandek qilmadim. Ko‘proq dam oldim. Buning xavotirga tushadigan joyi yo‘q. Chunki chempionat o‘yinlarigacha hali ancha vaqt bor. Bu vaqt oralig‘ida formamni tiklab olaman.

- Kuz oyi o‘rtalarida faoliyatingizni yakunlash niyatingiz yo‘qligini aytgandingiz. Lekin «Ural» bilan shartnomangiz 2017 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Hozircha uni uzaytirmadingiz. Ko‘rinib turibdiki, bir qarorga kelish uchun mavsum yakunini kutasiz. Qaroringizga nima ta’sir o‘tkazishi mumkin?

- Barchasi o‘zimga, qanday holatda bo‘lishimga bog‘liq. Agar o‘ynab tursam, gollar ursam, «Ural» bilan shartnomamni uzaytirishim mumkin?

- Mavsumning birinchi qismidagi harakatlaringizga qanday baho berasiz?

- Yaxshi emas. Chunki juda kam gol urdim. Qolaversa, jamoa ham shunday futbolchilar bilan turnir jadvalida hozirgidan ko‘ra yuqoriroqda bo‘lishi lozim. Qo‘rqinchli joyi yo‘q. Yig‘inlarda yaxshi tayyorgarlik ko‘rsak bo‘ldi. Oldinda bir qator uchrashuvlar bor. O‘ylaymanki, turnir jadvalida bundanda yuqoriroqda bo‘lamiz.

- Siz o‘zingizni ko‘p tanqid qilasiz...

- «Spartak»ka yangi kelganimda Romansev birinchi kuni oldiga chaqirib, «Agar bir mavsumda o‘nta va undan ko‘p gol ursang, yaxshi hujumchisan, bordi-yu o‘ntadan kam bo‘lsa, yomonsan», degan. Shu bois ham har yili o‘nta va undan ko‘p gol urishga harakat qilaman. Joriy mavsumda hozircha uchta to‘p kiritdim. Demak, bu o‘ta yomon.

- O‘tgan yildagi eng esda qolarli vaziyatlar qaysi?

- Bir nima deyish qiyin. Chunki futbol borasida o‘tgan yil men uchun unchalik yaxshi o‘tmadi.

- «Kuban»dagi davringizni inobatga olsami?

- «Kuban»da muammolarim ko‘p bo‘lgan. Bu haqda eslashni ham istamayman. Faoliyatimdagi qora dog‘lar.

- Siz bilan hisoblashishdimi?

- Ha. «Ural»da o‘zimni yana futbolchidek his etdim. Yaxshi mashq qildim, maydonga ko‘p tushdim. So‘nggi yillarda unchalik o‘ynamayotgandim. Masalan, «Lokomotiv»da kam o‘ynadim, «Kuban»­da esa deyarli maydonga tushmadim. «Ural»da hammasi boshqacha bo‘ldi. 35 yoshdaman. Shunga bo‘lsa kerak, ko‘proq o‘ynagim keladi. Yana qancha to‘p surishim mumkin? Bir-ikki yil. Shunchaki, sevimli ishimni qilayotganimdan xursandman.

- «Tottenxem» 35 yoshingiz bilan tabriklaganini ko‘rdingizmi?

- O‘qidim. Juda xursand bo‘ldim. To‘g‘risini aytsam, bunday bo‘lishini kutmagandim.

- Angliyada sizni eslasharkan.

- Shunga o‘xshaydi. Bir necha oy oldin Londonga borgandim. Meni taniydigan ko‘plab muxlislarni uchratdim. Oldimga kelib, qayerda o‘ynayotganim bilan qiziqishdi. Ularga uyda, Rossiyada o‘ynayotganimni aytdim.

- Sizga qanday murojaat qilishdi? SuperPav deyishdimi?

- Pav. Kimdir SuperPav ham dedi.

- «Spartak» bilan bo‘lgan o‘yin(0:1)dan oldin moskvaliklarning natijalari borasida gapirishga erta, degandingiz. Endi qanday fikrdasiz?

- Hozir ham shunday. Yigitlar rosa yutishdi. Keyin Samaraga kelishdi va to‘rtta to‘p qabul qilib olishdi. «Spartak» shunday jamoaki, oldindan biri nima deb bo‘lmaydi. Agar bahorda ham qatorasiga besh-oltita o‘yinda g‘alaba qozonishsa, keyin bir narsa deyish mumkin. Haqiqatan ham, hozir ancha ilgarilab ketishgan. Lekin bu kamlik qiladi. Chunki «Zenit» va SSKA qarab turmaydi.

- Siz ham «Spartak»ning biror- bir raqobatchisi darvozasini ishg‘ol qilib, chempionlik kurashiga hissangizni qo‘shishingiz mumkin...

- Mening vazifam - «Ural»ga yordam berish. «Spartak»ka ko‘maklashish uchun «Zenit», SSKA yoki «Krasnodar»­ga gol urishni maqsad qilmaganman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 26.01.2017.
O'qildi: 2925 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.