Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Australian open—2017. «Shafqatsiz singil» Serena Uilyams finalda opasi Vinus ustidan zafar quchdi

Australian open—2017. «Shafqatsiz singil» Serena Uilyams finalda opasi Vinus ustidan zafar quchdi

Baho:
+ | -

Yashil qit’a kortlarida bo‘lib o‘tgan Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Hal qiluvchi o‘yinda amerikalik opa-singil — Vinus va Serena Uilyams ishtirok etdi.

Mukofot jamg‘armasi 50 million Avstraliya dollarini tashkil qilgan «Katta dubulg‘a»ning 2017 yildagi ilk chempionligi 35 yoshli Serena Uilyamsga nasib qildi. Ikki set davom etgan bellashuvda u opasi Vinus ustidan 6:4, 6:4 hisoblarida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

Qayd etish kerak, opa-singillar «Katta dubulg‘a» finallarida bunga qadar sakkiz bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning faqatgina 2 tasida ayni vaqtda 36 yoshda bo‘lgan Vinus muvaffaqiyat qozongan. Serenaning bu boradagi g‘alabalari endi 7 taga yetdi.

Serena Uilyams Australian open musobaqalarida jami yetti bor zafar quchgan. «Katta dubulg‘a»ning barcha turnirlarida unga 23 bor bosh sovrin nasib qilgan. Bu borada Serena germaniyalik Shteffi Grafning ko‘rsatkichlarini takrorladi.

1968 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan «Katta dubulg‘a» turkumida hozirga qadar eng ko‘p zafar quchgan ayol tennischi Margaret Kort hisoblanadi. Uning hisobida jami 24 ta bosh sovrin mavjud. 2017 yil davomida Serena qolgan uchta musobaqaning hech bo‘lmaganda yana 1 tasida zafar quchish orqali Kortning tennis kortlaridagi rekordini takrorlashi mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:28, 28.01.2017.
O'qildi: 8258 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.