«Bavariya» sardori Filipp Lam Germaniya chempionatidan o‘rin olgan «Verder» (2:1) klubiga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini aytdi.
«Muhimi - biz g‘alaba qozondik. Albatta biz yaxshiroq o‘ynay olamiz. Oldinda bizni inglizcha haftalar kutmoqda – haftasiga 2 o‘yinda maydonga tushishga to‘g‘ri keladi. Bundesligadan tashqari, Germaniya kubogi va Chempionlar ligasida o‘ynaymiz.
Bizni jiddiy o‘yinlar kutyapti. Unda avvalgi o‘yinlarimizga qaraganda yaxshiroq harakat qilishimiz shart» - dedi Lam.