Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Makgregor - Meyvezer jangining mukofot jamg‘armasi milliard dollar bo‘lishi mumkin

Makgregor - Meyvezer jangining mukofot jamg‘armasi milliard dollar bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

UFC chempioni Konor Makgregor agentlari Floyd Meyvezer bilan muzokara olib borayotganini tasdiqladi. Bu esa ikki jangchi o‘rtasidagi to‘qnashuv muqarrar degan xulosaga sabab bo‘ldi.

«Nevadada bokschilik lisenziyasini qo‘lga kiritishim hamonoq Meyvezer bilan kelishib olaman. Jang shunchaki ko‘rib chiqilayotgani yo‘q, uning rejasi anchadan buyon ishlab chiqilmoqda. Mening keyingi jangim sakkiz unsiyali qo‘lqop kiygan holda kanatlar orasidan chiqishdan boshlanadi. Men bunga ishonaman» - dedi Konor Makgregor.

Ma’lumki, hozirgi kunga qadar Menni Pakyao va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang gonorari eng katta ekani bilan ajralib turgandi. Makgregor orziqib kutilayotgan jang summasi bundan ikki marta ko‘proq bo‘lishiga ishonadi.

«Meyvezer va Pakyao yarim milliard ishlab topgan bo‘lsa, mening jangim bir milliardlik tarixdagi ilk jang bo‘ladi. Bu ishni bekorchilikdan qilayotganim haqida gap-so‘zlar bo‘lsa-da, menga farqi yo‘q. Habib, Toni, Joze yoki Vudli bilan UFC chempionligi uchun jang o‘tkazish men orziqib kutayotgan narsalar emas» - dedi Konor Makgregor, UFC chempioni.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:55, 31.01.2017.
O'qildi: 8869 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик