Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Xitoyga ketadigan bormi? Rossiya chempionatidan Xitoyga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar

Xitoyga ketadigan bormi? Rossiya chempionatidan Xitoyga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Xitoyliklar RFPLda to‘p surayotgan top darajadagi ikki legioner - Xalk va Vitselni olib ketishdi. Smolovni esa yo‘ldan ozdira bilmadilar. Shunga qaramay, hamon Rossiya chempionatida faoliyat yuritayotgan aksariyat futbolchilarga qiziqish bildirishda davom etishmoqda. E’tiborlisi, ular orasida o‘zbekistonlik futbolchilar ham bor. Bombardir.ru yaqin orada Chin yurtiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilardan iborat ro‘yxat tuzdi.

Xitoy yirik miqdordagi pullari bilan transfer bozorida shov-shuv ko‘tarmoqda, ammo mahalliy superligada yil sayin legionerlarga belgilanayotgan limit kuchayib bormoqda. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, Xitoy chempionatidagi bir jamoa tarkibida besh legioner to‘p surib, ulardan biri osiyolik bo‘lishi shart. Keyingi mavsumdan taqiq kuchayadi: uzoq xorijdan uch, «sariq qit’a»dan bir futbolchi o‘ynashi mumkin. Bunday holatda e’tibor top-yulduzlarni sotib olish emas, balki Osiyo mamlakatlari pasportiga ega o‘yinchilarni qidirishga qaratiladi. Odil Ahmedov «Shanxay SIPG»ga o‘tib bo‘ldi, «Enisey» a’zosi Valeriy Kichin esa klubi to‘rtta taklifdan qaysi birini tanlashini kutmoqda.

Aynan limit tufayli rossiyalik aksariyat futbolchilar Xitoyning diqqat markazidan chetda qolishmoqda. Chin o‘lkasidagilar top-chempionatdan taniqliroq o‘yinchi sotib olishni ma’qul ko‘rishadi. Shu bois xitoyliklar asosan, RFPL va FNLdagi Osiyo mamlakatlari fuqaroligiga ega futbolchilarga qiziqishmoqda.

Daler KUZYAYEV, yarim himoyachi

Fuqaroligi: Rossiya|Tojikiston

Klubi: «Terek»

2016|2017 yillar mavsumidagi statistikasi: 15ta o‘yin, 1ta samarali uzatma

Kuzyayev to‘g‘risida qarama-qarshi fikr mavjud. Garchi u markaziy yarim himoyada to‘p sursada, samarali uzatmalari bilan ajralib turmaydi, assistentlik roli unga mutlaqo mos emasdek. «Terek» ustozi Dalerdagi universallikni qadrlaydi: ham qarshi hujum tashkil etib, ham himoyada ter to‘kishi mumkin. Aynan shu bois Grozniy jamoasida Kuzyayev o‘z pozisiyasida tengsiz hisoblanadi. Ammo xitoyliklar hozircha uni e’tibordan chetda qoldirishmoqda.

Vitaliy DENISOV, himoyachi

Fuqaroligi: O‘zbekiston|Rossiya

Klubi: «Lokomotiv»

Statistikasi: 15ta o‘yin

Moskva «temiryo‘lchilari»ning chap qanot himoyasida bir necha yildirki, Denisovning o‘rnini bosadigani topilmayapti. Sodda va kamtar yigit maydondagi kurashuvchanligi orqali mudofaa chizig‘i mustahkamligiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Ham himoya, ham hujumda birdek faol bo‘lgan futbolchiga Turkiya va Xitoydan qiziqishlar bor. Ammo qishki yig‘inda Syomin uni birga olib ketdi - ustoz-shogird munosabatlari ancha yaxshi. Demak, Denisov qaytadan shakllantirilayotgan «Lokomotiv»da qolib, eng muhim «qalqon»lardan biriga aylanishi ham ehtimoldan xoli emas.

Sardor AZMUN, hujumchi

Fuqaroligi: Eron

Klubi: «Rostov»

Statistikasi: 14ta o‘yin, 2ta gol, 1ta samarali uzatma

Rossiya chempionatining eng yorqin forvardlaridan biri joriy mavsum yevrokuboklarda porlamoqda. O‘z guruhida «Bavariya»ga munosib qarshilik ko‘rsatgan «Rostov» YELning bahorgi bosqichida qatnashish huquqini saqlab qoldi. Rossiya chempionatida esa eronlik hujumchi shunday barqarorlikka erisholmayapti, klubi ham binoyidek o‘ynayapti, deyish qiyin. Vaholanki, rostovliklarning oldingi chizig‘ida deyarli o‘zgarish kuzatilmagan - Azmun va Poloz birgalikda hujumlarga yakun yasashmoqda. Ulardan biri yagona forvard vazifasini o‘tasa, boshqasi orqaroqdan, aniqrog‘i, qanotdan yorib kirishga e’tibor qaratadi. Sardorning Xitoyga ketish-ketmasligi borasida nimadir deyish qiyin, hammasi taklifning qandayligiga bog‘liq. Umuman olganda, bu futbolchi «ko‘hna qit’a»ga yo‘l olishi kerak. Boz ustiga, unda Yevropa Ligasida o‘zini ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Milod MUHAMMADI, himoyachi

Fuqaroligi: Eron

Klubi: «Terek»

Statistikasi: 14ta o‘yin, 4ta samarali uzatma

Mudofaa chizig‘ida to‘p suradigan Muhammadi birin-ketin golli uzatmalar berish bo‘yicha ko‘pchilikka namuna bo‘lishi mumkin. Rahimov o‘z shogirdlaridan maydonning har bir qismidan unumli foydalanishni talab etadi, bu esa, qanot himoyachilarining hujum tashkil qilishda faollik ko‘rsatishlariga olib keladi. O‘ng tomonda to‘p suradigan Usiyev bu borada biroz oqsayotgan bo‘lsa, chap qanotdagi Muhammadi barchasini yaxshi uddalamoqda. Milod shubhasiz, «Terek» uchun eng foydali xaridlardan biriga aylandi, zero grozniyliklar bir necha yillardan buyon pullarini iqtisod qilishga katta e’tibor qaratishmoqda. Mabodo eronlik futbolchini Xitoyga sotishni xohlashsa, uning narxi oltita noldan iborat bo‘lishi tayin.

Said Agaf IZZATULLOHI, yarim himoyachi

Fuqaroligi: Eron

Klubi: «Rostov»

Statistikasi: 10ta o‘yin, 1ta gol

Bu yigit Madridning «Atletiko» klubi yoshlari tarkibida chiniqqan, ammo keyinchalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Eron chempionatiga yo‘l olgandi. O‘z mamlakatidagi faoliyati orqali esa u «Rostov» skautlari e’tiborini o‘ziga qaratdi. Bu paytga kelib rostovliklar universal futbolchiga ehtiyoj sezishayotgandi. Izzatullohi Chempionlar Ligasida o‘zini ko‘rsatdi, Rossiya chempionatidagi dastlabki to‘liq mavsumida ham yomon o‘ynamayapti: yarim himoyada ter to‘kadi, Noboa va boshqa sheriklari bilan o‘zaro tushunib to‘p suradi. «Rostov» rahbarlari eronlik futbolchining ishtirokini yuksak baholab, unga uzoq muddatli shartnoma taklif etishdi. Said Agaf esa hech ikkilanmay bitimga imzo chekdi. Xitoy hozircha kutishga majbur.

Vadim AFONIN, yarim himoyachi

Fuqaroligi: O‘zbekiston|Rossiya

Klubi: «Orenburg»

Statistikasi: 16ta o‘yin

Afonin hozirda Rossiyaning kuchsiz jamoalaridan birida tayanch yarim himoyachisi vazifasini o‘tamoqda. Aynan uning o‘zi yakka holda raqibning barcha hujumlarini qaytarishga urinmoqda. To‘g‘ri, buni har doim ham uddalay olmayapti, biroq «Orenburg» o‘tkazib yuborayotgan gollarga astoydil razm solsangiz, Vadimning bunda aybi yo‘qligini anglab yetasiz. Asosan to‘rt himoyachi bilan to‘p suradigan jamoa darvozasiga «Amkar» uchta gol urdi. O‘zbekistonda esa Afonin doimo e’tirofga loyiq ko‘rilmoqda. Unga hozircha Xitoydan taklif tushmadi, ammo Vadim 30 yosh arafasida o‘sishga erishayotgan kamsonli futbolchilardan biriga aylandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:27, 02.02.2017.
O'qildi: 9296 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.