Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Bernardo Silva – 1 Liganing eng yaxshi futbolchisi

Bernardo Silva – 1 Liganing eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

O‘tgan haftada France Football nashri o‘z o‘quvchilari orasida 1 Liganing eng yaxshi futbolchisini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan Bernardo Silva muxlislarga ko‘ra hozirgi paytda Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Portugaliyalik futbolchi “Monako” safida 2014 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Dastlab, ijara asosida monegasklar safida o‘ynagan bo‘lsa, klub uni 2015 yil boshida 15,8 million yevroga sotib oldi. 22 yoshli Bernardo Silva “Monako” klubining muhim yetakchisiga aylandi. Hozirda ajoyib sport formasida bo‘lgan portugaliyalik futbolchi o‘yinni boshqarish, o‘yin taqdirini hal qilish kabi muhim vazifalarni o‘z zimmasiga olmoqda.

Mavsum boshidan beri monegasklar safida 5 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirgan Bernardo Silva statistika bo‘yicha ajoyib ko‘rsatkichlarga ega. U jamoasining g’alabalarida muhim kalit vazifasini o‘tamoqda. Bu mavsumda ancha hujumkor o‘yin ko‘rsatayotgan “Monako”ning hujumlari asosan Bernardo Silva orqali amalga oshirilmoqda.

Yanvar oyi o‘rtasida Nevshatel kompaniyasi tomonidan o‘tkazgan hisob-kitoblarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining transfer qiymati 52,5 million yevroga teng. Bu esa Fransiya chempionatidagi eng qimmat futbolchi deganidir. Bu hisob-kitoblar albatta bir qator ko‘rsatkichlarga (gollar, golli uzatmalar, o‘tkazilgan daqiqa, shartnoma muddati, yoshi va h.k.) ko‘ra tuzib chiqilgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:43, 04.02.2017.
O'qildi: 4036 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик