Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Oybek Qilichev: "Mo‘minjonov tufayli "Navbahor"daman"

Oybek Qilichev: "Mo‘minjonov tufayli "Navbahor"daman"

Baho:
+ | -

“Navbahor” klubi yaqinda o‘z safiga Oybek Qilichevni qo‘shib oldi. Iqtidorli yarim himoyachi oxirgi paytlarda xorijda o‘ynayotgandi.

Bu safar Oliy ligada to‘p surishga qaror qildi. Albatta, Qilichev yaxshi saviyadagi o‘yinchilar toifasiga kiradi. Shu bois ham faoliyatini ko‘pincha chetda davom ettiradi. Biroq “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov yangi mavsum uchun rejalariga ushbu o‘yinchini ham kiritdi.

“Navbahor” bilan yarim yilga shartnoma tuzdim”

“Navbahor” bilan yarim yillik kelishuvga erishganmiz. Bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov “Paxtakor” jamoasida ham ishlagan. Futbolni yaxshi ko‘radi. Sobiq “Traktor” klubida Ilhom aka bilan birga to‘p surganman. U paytda ancha yosh bola edim. Eng asosiysi, uning odamgarchilik xususiyatlari juda yaxshi. Xullas, yaqinda uchrashdik va jamoaga yordamim kerakligini aytdi. Hozirda “Navbahor” yaxshi o‘yinchilarni qo‘lga kirityapti.

“Vaziyatga qarab ish tutamiz”

Nima uchun yarim yil? Boya aytdim, avvalo yurtimni sog‘inganim uchun qaytganman. “Navbahor”da avvaliga yarim yil o‘ynab turaman. Shundan keyin menga xorijdan qiziqarli taklif bo‘lib qolsa o‘ylab ko‘rishim mumkin. Shuning uchun dastlab birinchi davragacha kelishuvga erishdik va bu tashabbus mendan chiqdi. Agar chetdan takliflar bo‘lmasa, u holda Namanganda qolib faoliyatimni davom ettiraveraman. Menga qiziqayotgan xorij klublari bor. Bu haqida San’at Sharipov aytib turadi. Masalan, yana Eron klubidan qiziqish borligi haqida aytdi. Ammo o‘tgan safar u yerda o‘ynadim va bu safar Eronga borishga ko‘nglim tortmadi. Vaziyatga qarab ish tutamiz. Agar O‘zbekistonga o‘xshagan davlat bo‘lganida edi, borib o‘ynagan bo‘lardim. O‘zimizning chempionatda o‘ynasam avvalgi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasidagi faoliyatim yodimga tushib ketadi.

“O‘zbekistonda jamoa tanlashni asosan o‘zim hal qilaman”

San’at aka O‘zbekistonda klublarni tanlash imkoniyatini o‘zimda qoldirgan. U yerda qaysi murabbiylarning qandayligi haqida o‘zim yaxshi bilishimni va doim chuqur o‘ylab keyin bir qarorga kelishimni aytadi. Shuning uchun O‘zbekistonda faoliyatimni qayerda davom ettirishni asosan o‘zim hal qilaman. Menga 2-3 ta takliflar bor edi. Ammo Ilhom aka Mo‘minjonov bilan yaxshi munosabatda bo‘lganimiz sababli “Navbahor”ni tanladim. Har bir jamoa o‘z oldiga faqat yaxshi natijalarni ko‘rsatishni maqsad qilib qo‘yadi. Bizda ham xuddi shunday.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 13:05, 06.02.2017.
O'qildi: 6558 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.