Britaniya matbuotining xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» klubining yangi hujumchisi Gabriel Jezus ingliz tilini o‘rganishga kirishgan.
19 yoshli futbolchi jamoadoshi Fernandinyoning maslahatiga quloq tutib, bo‘sh vaqtida mahalliy radiolardan birini tinglamoqda.
Ammo futbolchi hozirgacha faqat bir dona - «sherik» degan so‘zni o‘rganib olgan. U mashg‘ulotlar va o‘yin paytida jamoadoshlarini shunday deb chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jezus APLning so‘nggi o‘yinida «Suonsi» darvozasiga 2ta gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirgan edi.