Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Barselona 1-1 Betis
06/04 15:30 Lechche 1-1 Venetsiya
06/04 17:00 Las-Palmas 1-3 Real Sosyedad
06/04 17:45 Andijon 1-0 Mash’al
06/04 18:00 Empoli 0-0 Kalyari
06/04 18:00 Torino 1-1 Verona
06/04 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Paxtakor
06/04 18:00 Tottenhem 3-1 Sautgempton
06/04 18:00 Brentford 0-0 Chelsi
06/04 18:00 Fulhem 3-2 Liverpul
06/04 19:15 Sevilya 1-2 Atletiko
06/04 20:00 Xitoy 1-2 O‘zbekiston
06/04 20:15 OKMK 0-0 Dinamo
06/04 20:30 Man. Yunayted 0-0 Manchester Siti
06/04 21:00 Atalanta 0-1 Lasio
06/04 21:30 Valyadolid 0-4 Xetafe
06/04 22:15 Saudiya Arabistoni 3-1 Tailand
06/04 23:45 Roma 1-1 Yuventus
07/04 00:00 Vilyarreal 0-0 Atletik Bilbao
07/04 20:00 Vyetnam - Yaponiya
07/04 20:00 Indoneziya - Yaman
07/04 22:15 Afg‘oniston - Janubiy Koreya
07/04 22:15 BAA - Avstraliya
07/04 23:45 Bolonya - Napoli
08/04 00:00 Lester - Nyukasl
08/04 00:00 Leganes - Osasuna
08/04 20:00 KXDR - Tojikiston
08/04 22:15 Ummon - Eron

«Lester»: yoqimsiz rekord sari

«Lester»: yoqimsiz rekord sari

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasi 24-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan amaldagi chempion «Lester» Premyer Ligada yangi kalendar yilining dastlabki besh o‘yinida gol urolmagan ilk jamoaga aylandi. Afsuski bu «tulkilar»ning natijalari orasidagi yagona yoqimsiz rekord emas.

Angliya Premyer Ligasi tashkil etilishidan oldin, Birinchi divizion musobaqasi doirasida «Tottenhem» ham 1986 yilning dastlabki besh o‘yinida raqiblari darvozasini ishg‘ol eta olmagan.

«Tulkilar» esa bu rekorddan tashqari Angliyaning eng yuqori to‘rt futbol divizionida 2017 yilda gol urmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumning shu davrida 68 ta gol urib ulgurgan Klaudio Raneri shogirdlari ushbu mavsumda o‘tkazgan 24 o‘yinida bor-yo‘g‘i 24 ta gol urishga erishgan.

O‘tgan mavsumda 24 ta gol urib Premyer-Liga to‘purari bo‘lgan hujumchi Jeymi Vardi esa ushbu mavsumda 21 o‘yinda 5 ta gol bilan cheklangan bo‘lsa, 2015/2016 yilgi mavsumda 17 ta gol urgan Afrikaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi Riyod Mahrez bu safar 22 o‘yinda 3 ta gol urishga erishgan xolos.

Aftidan Chempionlar Ligasidagi ishtiroki tufayli qo‘shilgan bosimni ko‘tara olmayotgan jamoa Premyer Ligada 24-turdan keyin 21 ochko to‘plab 16-o‘rinni egallab turibdi. 15-o‘rindagi «Midlsbro» va 17-o‘rindagi «Suonsi» «Lester» bilan bir xil ochko to‘plagan bo‘lsa, xavfli zonadagi «Xall Siti» 20, «Kristal Pelas» va «Sanderlend» esa 19 ochkodan to‘plagan.

Ko‘rinib turibdiki, «tulkilar»ning hozirgi o‘rni xavfli zona ostonasida joylashgan va jamoa shu tariqa o‘ynashda davom etsa chempionlikni qo‘lga kiritgandan keyingi mavsumdayoq Premyer Ligani tark etgan ilk jamoaga aylanishi ham hech gap emas. O‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘pchilikning mehrini qozongan «Lester» bunday holatga tushishini hech kim istamasa kerak.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:56, 07.02.2017.
O'qildi: 5681 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz