Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

APL. «Liverpul» yangi yildagi omadsizliklarga chek qo‘ydi

APL. «Liverpul» yangi yildagi omadsizliklarga chek qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Liverpul" 10ta o‘yindan iborat g‘alabasiz o‘yinlar seriyasiga chek qo‘ydi. Mersisaydliklar Premyer-liganing 25-turi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy bahsda "Tottenxem"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Bahsning 16-daqiqasida Veynaldumning uzatmasidan keyin Sadyo Mane darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas afrikalik futbolchining o‘zi londonliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni yo‘lladi. Mane raqib jarima maydonchasi yaqinida himoyachidan to‘pni olib qo‘yib, jamoasining xavfli hujumiga asos soldi. Darvoza tomon berilgan 2ta zarbani himoyachi va darvozabon qaytardi. Mane tomonidan berilgan uchinchi zarba to‘rga borib tushdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Sadyoda yana bir imkoniyat yuzaga keldi, biroq uning yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbasini Ugo Lyoris qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda esa xavfli vaziyatlar soni birinchi 45 daqiqalikka nisbatan kamroq yuzaga keltirildi.

Shu tariqa, Klopp shogirdlari APLda 2-o‘rinda borayotgan "Tottenxem" ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, jadvalda 5-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

APL, 25-tur
Liverpul – Tottenxem 2:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Mane, 2:0 – 18 Mane.
Liverpul – Minyole, Milner, Matip, Klayn, Koutinyo (Djan, 77), Lallana, Firmino, Veynaldum, Mane (Aleksander-Arnold, 90), Leyva (Klavan, 82), Xenderson.
Tottenxem – Lyoris, Alderveyreld, Devis, Uoker, Eriksen (Uinks, 68), Vanyama, Dembele (Sissoko, 77), Dayer, Alli, Son Xeung Min (YAnssen, 82), Keyn.
Ogohlantirishlar: Son Xeung Min (28), Xenderson (53), Matip (56), Keyn (67), Milner (68), Uinks (71), Dayer (78), Alderveyreld (83).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:22, 12.02.2017.
O'qildi: 10153 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.