Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Chorakfinalni sog‘ingan «Arsenal»

Chorakfinalni sog‘ingan «Arsenal»

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi nimchorakfinali doirasidagi eng qiziqarli bahslardan biri shubhasiz Londonning «Arsenal» va Myunxenning «Bavariya» jamoalari o‘rtasida kechadi. Jamoalar so‘nggi uch yilda olti marta to‘qnash kelgani esga olinsa, buni odatga aylangan bahs ham deyish mumkin. Xo‘sh, bu safar londonliklar noxush an’anaga chek qo‘ya oladimi?

2013/2014 yilgi mavsum nimchorak finalida Londonda 2:0 hisobida ustun kelgan «Bavariya» Myunxenda 1:1 hisobida durang o‘ynagan. Undan oldingi mavsum nimchorak finalida esa myunxenliklar Londonda 3:1 hisobida, londonliklar Myunxenda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Mehmonda urilgan gol «Bavariya»ni chorak finalga olib chiqqan edi. O‘tgan mavsumda esa guruh bosqichi doirasidagi o‘yinlarda Londonda «Arsenal» 2:0, Myunxenda «Bavariya» 5:1 hisobida zafar quchdi.

O‘zil va Mustafi: nemislar to‘qnashuvi

Nemis jamoasiga qarshi ushbu bahsda londonliklarning germaniyalik ikki futbolchisi – Mesut O‘zil va Shkodran Mustafi diqqat markazida bo‘ladi. Mustafi musobaqada beshta gol urib ulgurgan «Bavariya»ning polshalik hujumchisi Robert Levandovskini qo‘riqlashiga to‘g‘ri kelsa, O‘zil «Arsenal» o‘yinini tashkillashtiruvchi vazifasini bajaradi.

Chempionlar Ligasi doirasidagi muhim o‘yinlarda mas’uliyatni o‘z yelkasiga ololmasligi va o‘yinning borishiga ta’sir o‘tkazolmasligi uchun tanqidga uchrab kelayotgan O‘zil ushbu bahsda tanqidchilarga munosib javob qaytarish uchun Germaniya terma jamoasidagi jamoadoshlariga qarshi ushbu bahsda o‘zini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Sanches – yanada muhim futbolchi

Myunxendagi dastlabki o‘yinda qozoniladigan g‘alaba Arsen Venger shogirdlarini Londondagi javob o‘yinidan oldin juda qulay vaziyatga olib chiqadi. Buning uchun esa musobaqada ushbu mavsumda ikki gol urib, uch golga hammualliflik qilgan Aleksis Sanchesning muvaffaqiyatli o‘yiniga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.

Chililik hujumchi nafaqat aldab o‘tish va dribling qobiliyatiga ega, balki birga-bir vaziyatlarda istalgan raqiblarda ustun kela oladigan futbolchidir. Teskor va kutilmagan harakatlar ko‘rsata oladigan Sanches myunxenliklar himoyachisi Jerom Boateng uchun bosh og‘rig‘i bo‘lishi tabiiy, zero germaniyalik futbolchi kichik bo‘yli hujumchilarga qarshi turishda yoqimsiz tajribaga ega.

«To‘pchilar» chorakfinalga chiqsa jamoa bu ishni so‘nggi yetti mavsumda ilk marta uddalagan bo‘ladi. Parijdagi finalda «Barselona»dan yengilganidan buyon «Arsenal» faqat uch marta nimchorak finaldan o‘ta olgan (2008-2010 yillarda). Parijda «Barselona» yirik hisobda yengilgan ushbu mavsumda esa «Arsenal» ham nihoyat muvaffaqiyatga umid qilishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 17:37, 15.02.2017.
O'qildi: 6029 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.