"Bavariya " himoyachisi Mats Hummels jamoadoshi Tomas Myuller bilan hech qanday vahimali narsa bo‘lmaganini ta’kidladi.
Myuller hozirgacha Bundesliganing 17 uchrashuvida bitta gol urgan, xolos.
"Myuller ko‘ngil ko‘tarishlariga muhtoj mas. U hujumchilarda yaxshi va yomon davrlar bo‘lishini yaxshi biladi. Tomas mashhulotlarda odatdagidek ishlamoqda va doim gollar urmoqda. Bu vaqt bilan bog‘liq masala, vaqti kelib u yana gollar urishni boshlaydi", - deydi Hummels.