Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Barselona» va inqiroz

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Barselona» va inqiroz

Baho:
+ | -

Bugungi “Barselona”ni Mayk Taysonga o‘xshataman. Taysonni hech kim yengishni o‘ylamasdi – buning imkoni yo‘q edi, chunki, faqatgina birinchi raundda turib berish haqida gap borardi boshqalarda. Mayk shu qadar zamon bokschilaridan ilgarilab ketgandiki, u faqat o‘ziga yengilsagina, raqibi oltin kamarlik bo‘lardi. Ha, bugungi “Barselona”ning haqiqiy chizmasi shu!

Oldindan aytib qo‘yay, men “Real”ning ashaddiy muxlisiman. Uning o‘yinlarini behayajon kuzata olmayman, zo‘rg‘a o‘tiraman. Shunday bo‘lsa-da, bitta haqiqatdan ko‘zni yumolmayman;

… “Barselona” shunday buyuk jamoaki, uning mag‘lubiyati ko‘pchilikni shokka tushirib qo‘yadi, klub epoxasi tugadi, deb yuboradi uning mag‘lubiyatini kutgan shahlovchilar.

… “Barselona” shu qadar g‘alaba degan so‘zga omuxta bo‘lib ketganki, unga yengilish mutlaqo mumkin emas! Yengildimi, tamom, uni xohlagancha tanqid qilishga ruxsat bor!

… Bu jamoa yigirma birinchi asrda o‘ziga o‘zi shunday “planka” qo‘yib ulgurdiki, unga boshqalar yeta olmasa-da, o‘zi doimo o‘sha balandlikdan yuqoriroq sakrashi kerak, dahshat-a?! Birgina jiddiy mag‘lubiyat bilan bosh murabbiyga chiqish eshiklari ko‘rsatiladigan darajaga chiqib ulgurdi o‘zi. Jamoa prezidentining xohishi bilan almashtiriladigan holat emas bu, muxlislaru mutaxassislarning fikriga ko‘ra…

Ha, Enrike yengildi, yengilganda ham raqibiga har tomonlama yengildi. PSJ bu o‘yinda ispaniyalik yulduzlarni tom ma’noda yeb qo‘ydi. Lekin men baribir Utkinga o‘xshab Kataloniya superklubidan inqiroz so‘zini yasamoqchi emasman. Vasiliyga o‘xshab bu bahsni 20 yil oldingi “Nou Kamp”da Shevchenko va jamoadoshlari tomonidan uyushtirilgan shouga mengzay olmayman. To‘g‘ri tushuninglar, bugungi “Barselona” bunga ijozat bermaydi.

Rus sharhlovchisi meni to‘g‘ri tushunsinki, xuddi unga o‘xshab men ham moziy sahifalarini bezab turgan o‘sha o‘yinni diqqat bilan tomosha qilganman. O‘shanda “Dinamo” Kiyev yana o‘n marta o‘sha “Barsa” bilan o‘ynasa, o‘novida ham g‘alaba qozonardi. Bugungi PSJ variantida mutlaq teskarisi. O‘ntadan bitta – o‘xshab qoladigan g‘alabani ilib ketdi Parij.

Bu so‘zlarni ishonch bilan aytishimga yana bir sabab bor – bugungi kataloniyaliklar haqida yaqin kunlar ichida ham hech kim ortiqcha gap aytmayotgandi. Har bir jamoa boshida mavjud bo‘lgan tarkib borasidagi muammolar yo futbolchilarning o‘zgarib turadigan kayfiyatlari “Barselona”ni inqiroz so‘ziga sinonimdosh qilib qo‘ymaydi, axir.

Hamma tanqidlarga qarang, o‘yindan keyin aytilyapti. Tanqidlar odatda yutqazilgan bahsdan so‘ng bo‘ladi-da, dersiz?! Yo‘q, gap bunda emas. Gap oldingi da’volarning oz bo‘lsa ham bugungilariga mos tushishida. Oddiy misol – Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi. Bu jamoa avvalgi o‘yinlarida tinmay g‘alabalar qozondi. Shunda ham ko‘pchilik Babayan o‘yinini tanqid ostiga oldi. Mag‘lubiyatga uchralgandan keyin sel bo‘lib yog‘ilgan tanqidlar o‘sha, g‘alabali onlardagi o‘yinlarda aytilgan gaplarning davomi edi, xolos. Bugungi “Barselona” haqida aytilayotgan “davri tugadi”, “inqiroz” va shunga o‘xshash so‘zlar mening nazdimda tagi yo‘q, asossiz so‘zlar.

Bugungi “Barsa”ning boshida turgan Enrikeni ham, uning tarkibida o‘ynayotgan yulduzlarni ham tanqid botqog‘iga botirib tashlamasligimga yana bitta sabab bor – Parijdagi o‘yin har bir jamoa boshida bo‘lib turadigan, ammo negadir faqat “Barselona”ga ayb ko‘riladigan tasodifiy mag‘lubiyatlardan biri bo‘lganidadir. Bu haqda boshida aytib o‘tdim, yana to‘xtalmayman. Faqat birgina jihatga e’tibor qaratishingizni so‘rayman – javob o‘yinida biror kim “Arsenal” o‘z uyida to‘rtta javobsiz gol urib, “Bavariya”ni musobaqadan chiqarib yuborishiga ishonyaptimi, yo‘g‘-a, ammo “Nou Kamp”dagi o‘yindan oldin Enrike matbuot anjumanidagi qitmir jurnalistga “uyalib qolasan hali” deya olyapti. Utkin xafa bo‘lmasinu, bunaqa gaplarni yigirma yil oldingi “Barselona” murabbiyi ham ayta olmasdi.

Xayrulla Hamidov

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 22:41, 16.02.2017.
O'qildi: 17580 marta.
Fikrlar: 44 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.