Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Boks. Sanjarbek Rahmonovning keyingi raqibi ma’lum

Boks. Sanjarbek Rahmonovning keyingi raqibi ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ko‘p karra jahon chempioni Floyd Meyvezerning “Mayweather Promotions” kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov (6-1-0, 3 KO) 24 fevral kuni AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ushbu professional boks kechasi tashkilotchilari Sanjarbek Rahmonovga qarshi jang qiladigan bokschining nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra bokschimiz AQSH sharafini himoya qilayotgan asli meksikalik Xose Marrufoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Hamyurtimizning raqibi haqida aytadigan bo‘lsa u 25 yoshda. Xose Marrufo professional bokschilik faoliyatini 2011 yili boshlagan va shu kungacha 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Shuningdek, beshta mag‘lubiyat va ikkita durang ham qayd etgan.

Sanjarbek Rahmonov esa profesional ringda 2015 yildan buyon jang o‘tkazmoqda. Havaskorlar boksida katta tajribaga ega bo‘lgan hamyurtimiz shu kungacha oltita g‘alaba va bitta durang qayd etgan.

Sanjarbek Rahmonov va Xose Marrufo jangi sakkiz raund qilib belgilandi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 14:55, 17.02.2017.
O'qildi: 6179 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик