«Barselona» rahbariyati hujumchi Luis Suaresning diskvalifikasiyasi yuzasidan Lozannadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilishga qaror qildi.
«Hakamning bayonnomasida «Suares raqibini atayin urgan» deb yozilgan. Lekin aslida bunday bo‘lmagan. Apellyasiyamiz mana shunga asoslanadi» - deyiladi klub bayonotida.
Avvalroq, Ispaniya qirolligi futbol federasiyasining apellyasiya qo‘mitasi Luis Suaresning diskvalifikasiyasini o‘z kuchida qoldirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Suares Ispaniya kubogining yarimfinalidan o‘rin olgan «Atletiko» (1:1) klubiga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgandi. Agar klubning apellyasiyasi qondirilmasa, u «Alaves»ga qarshi final o‘yinida maydonga tushmaydi.