Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Espanyol»ga qarshi o‘yinni Morata asosiy tarkibda boshlaydi

«Espanyol»ga qarshi o‘yinni Morata asosiy tarkibda boshlaydi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La liganing 23-turi doirasida «Espanyol»ga qarshi o‘yinda Alvaro Moratani asosiy tarkibga kiritishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi avvalroq Madridda baxtli ekanini, ammo ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi ekanini ta’kidlagandi.

«Morataning «Real»dan ketishini istamayman. Bu variant meni qanoatlantirmaydi. U «Espanyol»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Ishonchim komil, Alvaro mavsum oxirigacha yana boshlang‘ich tarkibga kiritiladi», – dedi Zidan.

Morata Ispaniya yempionatining ushbu mavsumida 14ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va ikkita golga assistentlik qildi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 13:40, 18.02.2017.
O'qildi: 7838 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик