Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Mourinyo: «Pogba tez orada dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi maqomidan mahrum bo‘ladi»

Mourinyo: «Pogba tez orada dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi maqomidan mahrum bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning jahonning eng qimmatbaho futbolchisiga maqomidan mahrum bo‘lishini istaydi.

«O‘ylaymanki, yana 2 yildan keyin mazkur transfer arzon ko‘rina boshlaydi. Faqat kam sonli jamoalar yaqin kelajakda nima sodir bo‘lishini tushunishadi.

Bir necha yil avval 25 million funtni faqat daho futbolchilarga sarflashardi. Hozir esa yosh futbolchi shuncha turadi. Hozir yosh istiqbolli futbolchini sotib olishni istasangiz, unga haqiqiy yulduz futbolchining narxida pul to‘laysiz.

O‘ylaymanki, yozgi transfer paytida bizni bir nechta syurprizlar kutmoqda. Pol esa jahonning eng qimmat futbolchisi maqomidan tushadi. Bu yaxshi.

Pogbaning holati yaxshi, lekin unga bo‘lgan yuqori e’tibor futbolchiga xalal beradi. U yaxshi o‘yin ko‘rsata olmasa, Pogbani mutaxassislar va muxlislar tanqid qilishadi.

Ishonchim komil, navbatdigi yozgi transferda Pogba saviyasining yarmicha bo‘lgan futbolchining narxi shuncha yoki undan qimmatroq bo‘ladi. Futbolchining yuqori e’tibordan xalos bo‘lishini kutyapman», — dedi Mourinyo.

Eslatib o‘tamiz, "MYU" Pol Pogbani "Yuventus"dan 89 million funt sterlingga sotib olgandi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:01, 19.02.2017.
O'qildi: 12592 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.