Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Rio-2016 Olimpiadasida birinchi bo‘lgan O‘zbekiston boks terma jamoasi WSB’da so‘nggi o‘ringa tushib ketdi

Rio-2016 Olimpiadasida birinchi bo‘lgan O‘zbekiston boks terma jamoasi WSB’da so‘nggi o‘ringa tushib ketdi

Baho:
+ | -

Jahon boks seriyasida ikkinchi bor ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasi 2-tur janglaridan keyin guruhda so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.

Xitoyda China Dragons mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda Astana Arlans’dan 1:4 hisobida yengildi.

Kunning ikkinchi o‘yini Xitoyda o‘tib, Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi mezbonlar ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

O‘zbekistonlik bokschilar yakuniga yetgan 9 ta jangning 6 tasini boy berib ulgurdi. Shuningdek, Elnur Abduraimov jarohati sabab ringga chiqa olmagani uchun, Uzbek Tigers yana bitta ochko boy berdi.

Rio—2016 ishtirokilari hisoblangan Murod Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov kabi bokschilar ham raqibidan ustun bo‘la olmadi. Faqatgina Bektemir Meliqo‘ziyev jamoasiga 1 ochko olib berdi.

Guruhda qozog‘istonlik bokschilar 6 ochko bilan peshqadam. Ular 7 ta jangda g‘olib chiqa olgan. Rossiya termasi esa janglarning 6 tasida ustun kelib, ikkinchi o‘rindan joy olgan.

4 mart kuni Uzbek Tigers rossiyalik sportchilarga qarshi ringga chiqadi. Bellashuvlarga Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:55, 19.02.2017.
O'qildi: 15260 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик