Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Krishtianu Ronalduning PestanaCR7 loyihasi haqida

Krishtianu Ronalduning PestanaCR7 loyihasi haqida

Baho:
+ | -

Futbolda doimo oldinda yurishga odatlangan Krishtianu Ronaldu biznes olamida ham yuksak marralarni zabt etishga chog‘langan ko‘rinadi. Ha, «Real»ning portugaliyalik hujumchisi shon-shuhrat va moddiy boyliklarga ko‘milib yashayotganiga qaramay, erishgan yutuqlari bilan kifoyalanib qolmaydigan, serg‘ayrat va tinib-tinchimaydigan yigitdir. U o‘zining ayanchli bolalik yillarini tez-tez tilga oladiki, bu o‘sha qiyinchiliklarni sira unutmaganidan dalolat. Krishtianu shunday og‘ir taqdir sabab, chinakamiga toblandi, maqsad sari qanday kurashish kerakligini puxta o‘zlashtirdi. Mana, futbolchi shohona avtomobillar kolleksiyasi (qiymati 1,7 mln. yevroga teng «Bugatti Veyron» va «Rolls-Roys Fantom» kabi 20ta mashinasi bor)ni yaratish va xususiy samolyot xarid qilish barobarida kelajakda risoladagidek daromad keltirishi kutilayotgan loyihalarga sarmoya kiritmoqda.

Ta’kidlash joiz, Ronalduning rejalari ancha jiddiy - u xususiy mehmonxonalar majmuasini yaratishga bel bog‘lagan. Loyihani amalga oshirish harakatlari o‘tgan yil yozda boshlandi. Ya’ni u tug‘ilib-o‘sgan ona shahri - Funshalda dastlabki shaxsiy mehmonxonasini ochdi. Tabiiyki, bu ishlar bilan Krishtianuning yolg‘iz o‘zi shug‘ullanmaydi. Hozirda Portugaliya, Braziliya, Argentina va Afrika mamlakatlarida yirik mehmonxonalar  tarmog‘ini shakllantirgan Dionisio Pestana - Ronalduning biznes hamkori. Dastlabki mehmonxonaga shu boismi, Pestana CR7 nomi berildi. Rasmiy saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Funshaldagi mehmonxona - yangi avlod vakillari uchun mo‘ljallangan mehmonxonalarning yangi avlodi. 49ta xonaning har biri  texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida yaratilgan o‘yin qurilmalari bilan jihozlangan - virtual voqelik qo‘yniga sho‘ng‘igan mijoz kun bo‘yi tashqariga chiqmasligi mumkin. Qadimdan urfga aylangan hordiq turlari, masalan, suv havzasi ham mehmonlarga muntazir. U binoning tom qismida joylashgan. Mehmonxonada dam olishning eng arzon bahosi - 1 kecha uchun 102 yevro.

Keyinroq biznesmen-futbolchi tashabbusi bilan Lissabonda ham Pestana CR7bunyod etildi. Poytaxtdagi mehmonxonaning ustunlik jihati - barcha qulayliklarga ega mashg‘ulotlar zali. U yerda mehmonlar shaxsan Ronalduning ishtirokida tuzilgan dastur bo‘yicha shug‘ullanishlari mumkin. To‘g‘ri, Lissabondagi mehmonxonada o‘yin qurilmalari yo‘q. 1 kunlik chiptaning eng arzon bahosi -108 yevro.

Ispaniyaning Marca gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi yana 4ta mehmonxona qurish uchun 75 mln. yevro ajratgan. Tez orada Lissabon va Funshalda yana bittadan Pestana CR7 quriladi, shuningdek, Madrid va Nyu-Yorkda ham shunday mehmonxonalar qad rostlaydi. Nyu-Yorkdagi inshoot uchun shaharning bosh maydoni - Tayms-skverdan joy  ajratilgan. Bu maskan kechayu-kunduz sayyohlar bilan gavjum. Darvoqe, portugaliyalik hujumchi yaqinda yana bir jiddiy ishga qo‘l urdi. Marca nashrida yozilishicha, Krishtianu avvalgi yili yozgi ta’tilning bir necha kunini Ibisada o‘tkazgandi. Dam olish va sayohat oroli unga shunchalik yoqib tushgan ko‘rinadiki, birdaniga 4ta mehmonxona qurishga qaror qildi. To‘g‘ri, u bu inshootlarni quruq yerda bunyod etmoqchi emas, balki mavjud mehmonxonalarni qayta ta’mirdan chiqarmoqchi. Futbolchi o‘z rejasini yangi qurilayotgan binolar sohiblari bilan hamkorlik qilish orqali amalga oshirishi ham mumkin. «Bu joyni tanlaganimiz bejiz emas. Birinchidan, orolning maqomi juda yuqori, ramziy ma’noga ega. Ikkinchidan, Ibisa - eng mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan biri»,- deyishmoqda Ronaldu vakillari.

49ta xonaning har biri  texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida yaratilgan o‘yin qurilmalari bilan jihozlangan - virtual voqelik qo‘yniga sho‘ng‘igan mijoz kun bo‘yi tashqariga chiqmasligi mumkin. Qadimdan urfga aylangan hordiq turlari, masalan, suv havzasi ham mehmonlarga muntazir. U binoning tom qismida joylashgan. Mehmonxonada dam olishning eng arzon bahosi - 1 kecha uchun 102 yevro.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:16, 23.02.2017.
O'qildi: 9793 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.