Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Oqgul Omonmurodova va Anna Saya ayollar tennisida rekord o‘rnatdi

Oqgul Omonmurodova va Anna Saya ayollar tennisida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova ayollar tennisida eng uzoq davom etgan tay-brek ishtirokchisiga aylandi. Mazkur natija Moskvada 20−26 fevral kunlari bo‘lib o‘tayotgan ITF turnirida qayd etildi.

Tay-breyk — hisob 6:6 bo‘lganida g‘olibni aniqlash uchun beriladigan qo‘shimcha geym. 2 ochko farqi bilan kim 7 ochko to‘plasa, g‘olib sanaladi. Tay-brek o‘rtadagi farq 2 ochkoga yetmagunga qadar davom etaveradi.

Seshanba kuni musobaqaning birinchi raundida Oqgul Omonmurodova (jahon reytingida 367-o‘rin) germaniyalik Anna Sayaga (306) qarshi o‘ynadi. 3 soatu 21 daqiqa davom etgan uchrashuvning ikkinchi partiyasida u raqibini 7/6(22/20) hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq uch set yakuniga ko‘ra u 2:1 — 6/4, 6/7(20/22), 7/6(7/4) hisobida Germaniya vakilasiga imkoniyatni boy berdi.

Avvalgi rekord 1999 yilda amerikalik Taroy Snayder va shveysariyalik Emmanuel Galyardi tomonidan o‘rnatilgan. Snayder tay-breykda 21/19 hisobida g‘alaba qozongan. 

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 12:17, 23.02.2017.
O'qildi: 8485 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.