Bolgariyaning Varna shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida an’anaviy xalqaro turnir start oldi. O‘zbekiston Sport kurashlari Assosiasiyasi mazkur musobaqaga har ikkala yo‘nalishda to‘qqiz nafardan sportchini jalb etdi.
Murabbiylar Olimjon Xikmatov va Abdurauf Bozorboyev boshchilik qiladigan erkin kurash bo‘yicha terma jamoamiz tarkibida Rustambek Jo‘rayev, Jahongirmirzo Turobov, G‘ulomjon Abdullayev, Ramazon Ibodov, Majid Murodov, Bahodir Aslonov, Hasanboy Rahimov, Muhammadali Muxtorov va Jasurbek Usmonoxunovlar gilamga chiqishadi.
Yunon-rum bo‘yicha terma jamoamiz tarkibi esa Ilhom Bahromov, Islombek Bahromov, To‘rabek Tirkashev, Aram Vardanyan, Mirzobek Rahmatov, Fazliddin Nomozov, Jalgasbay Berdimuratov, Muhammadali Shamsiddinov va Ermatbek Shermatovlar bilan to‘ldirildi. Yunon-rum kurashchilarimizga Varnadagi musobaqada Ravshan Ro‘ziqulov va Isroil Siddiqovlar ustozlik qilishadi.
Turnir 24-26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi va ertaga – 26 fevral sanasida musobaqaning barcha vazn toifalari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum [4820]
Yamal JCH-2026 finalidan keyin Messiga nima deganini aytdi [3351]
«Manchester Siti»ning bir nechta yetakchi futbolchisi ketish haqida o‘ylamoqda [3049]
Mbappening tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi [2917]
Flikka juda yoqadigan 18 yoshli futbolchining orzusi — «Real»ga o‘tish [2537]
Yamal "Barselona"ga APLdan himoyachi tanladi [2039]
"Barselona"da himoya uchun uchta nomzod bor [1995]
"Barselona" himoyachisi Angliyaga qarshi o‘yindan oldin safdan chiqdi [1991]
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonda chempionlik uchun yarim qadam qoldi [1989]













