Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bokschi Sanjar Rahmonov yettinchi g‘alabasiga erishdi

Bokschi Sanjar Rahmonov yettinchi g‘alabasiga erishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

AQSHning Kaliforniya shtati, Temekula shahridagi «Pechanga Resort & Casino» arenasida hamyurtimiz Sanjar Rahmonov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Taniqli bokschi Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat yuritayotgan bokschimiz aslida bugun Endryu Tabitiga qarshi jang o‘tkazishi rejalashtirilgan edi. Biroq Endryu o‘z rejalariga o‘zgartirish kiritgani sabab, Sanjar boshqa raqibga qarshi jang o‘tkazdi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangda Sanjar Xose Maruffoga qarshi ringga ko‘tarildi. 25 yoshli meksikalik bokschi shu paytga qadar 18ta jang o‘tkazib, 10ta g‘alaba, 6 mag‘lubiyat va 2ta duranga erishgan edi. Rahmonov esa 7ta jang o‘tkazishga ulgurgan va 6ta g‘alaba, bir duranga imzo qo‘ygan.

Jang davomida ikki bokschi muddatidan avval jangni yakunlay olmadi va g‘olib nomi to‘plangan ochkolarga ko‘ra ma’lum bo‘ldi. Unda Sanjar Rahmonovning qo‘li baland keldi. Shu tariqa bokschimiz o‘z faoliyatdagi 7-g‘alabaga erishdi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 15:00, 25.02.2017.
O'qildi: 6110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик