«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya chempionatidan o‘rin olgan «Hamburg» (8:0) klubiga qarshi o‘yinda tarixiy ko‘rsatkichga erishdi.
30 yoshli futbolchi, Bundesligada 100-o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Noyer 183ta o‘yinda maydonga tushdi. Natijada u «Verder» darvozaboni Oliver Rek tomonidan o‘rnatilgan 232 uchrashuvdagi 100ta quruq o‘yin rekordini yangiladi.