Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Shahram G‘iyosov: 3 oy tadbirma-tadbir yurdik va 1 oy shug‘ullandik. Qozog‘istondagi janglarga tayyor emasdik

Shahram G‘iyosov: 3 oy tadbirma-tadbir yurdik va 1 oy shug‘ullandik. Qozog‘istondagi janglarga tayyor emasdik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Rio-2016 Olimpiadasini kumush medal bilan yakunlagan bokschi Shahram G‘iyosov Uzbek Tigers’ning Qozog‘istondagi mag‘lubiyatidan keyin jurnalist Feruz Muhammadning savollariga javob qaytardi va keyingi g‘alabasiga qadar faqat mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishiga oydinlik kiritdi.

Qayd etish kerak, Uzbek Tigers WSB’ning Xitoyda bo‘lib o‘tgan ilk janglarida China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lib, unda Rio qahramonlaridan birortasi ham ringga chiqmagandi. Qozog‘istondagi Astana Arlans’ga qarshi janglar uchun esa Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan bokschilardan 4 nafari taklif qilindi. Shunga qaramay, Uzbek Tigers 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xususan, Shahram G‘iyosov ham o‘z vazn toifasida raqibidan yengildi.

 

«Olimpiadadan keyin uch oydan ziyod vaqtimizni turli xil tadbirlar uchun sarf qildik va O‘zbekistonning barcha viloyatlarini aylanib chiqdik. Deyarli har bir kun qandaydir tadbir yoki kimgadir intervyu berish bilan o‘tdi. Natijada shu vaqt davomida mashg‘ulot o‘tay olmadik. Faqatgina yangi yildan keyin mashg‘ulotlar uchun qo‘l bo‘shadi. Bor-yo‘g‘i bir oygina tayyorgarlik esa professional sportchilar uchun kamlik qiladi. Aytishim kerak, biz Qozog‘istondagi musobaqaga tayyor emasdik» - dedi Shahram G‘iyosov.

 

Shahram G‘iyosov rasmiy janglar arafasida qo‘shiqchi Shahzodaning klipida ko‘rinish berdi. Bu esa Qozog‘istondagi mag‘lubiyatdan keyin ko‘p bor yodga olindi.

 

«Shahzodaning klipida suratga tushishim uchun ikki kungina vaqtim ketdi. Shunga ham s’yomkaga mashg‘ulotlardan keyin bordim.

Mag‘lubiyatimdan keyin shu qarorga keldim: sportchi uchun tadbir, to‘y-tomosha, klipda suratga tushish, internetda o‘tirish yaramas ekan. Endi faqat va faqat mashg‘ulotlar bilan band bo‘laman. To keyingi g‘alabamni qo‘lga kiritmagunimcha Instagram’ga ham kirmayman. Meni intervyuga chaqirganlarga ham uzrimni aytaman» - dedi Shahram G‘iyosov.

 

Shahram G‘iyosovning Riodagi janglaridan keyin sportchining Instagram sahifasi katta o‘sishga erishdi. Uning g‘alabalariga ofarin o‘qigan muxlislar Qozog‘istondagi mag‘lubiyatdan keyin Instagram’da kamroq o‘tirishni maslahat berdi.

 

«Muxlislar mashg‘ulotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir qiling, uni ko‘rmoqchimiz, nima tanovvul qilayotganingizni bilishni istaymiz deb so‘rayvergani uchun ularning iltimosini yerda qoldirmasdim. Meni kuzatib boradiganlar bilan muloqotdan qochmasdim. Yengilganimdan keyin esa xuddi o‘sha kishilar Instagram’ga kamroq kirib, ko‘proq mashq qilishim kerakligini uqtira boshladi. Tushuna olmay qoldim.

Ko‘plab o‘zbekistonliklar bokschilarimiz Qozog‘istonda nokautga uchrabdi deb o‘ylaganini eshitdim. Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Ringda sirpanib ketgan vaqtimdagi surat hech narsa emas, oramizdan hech kimga nisbatan hisob ochilgani yo‘q» - dedi Shahram G‘iyosov.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:21, 26.02.2017.
O'qildi: 10039 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик