Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Avtobus emas, oshxona

Avtobus emas, oshxona

Baho:
+ | -

PepConfidential kitobida Xosep Gvardiolaning «Bavariya»da amalga tatbiq etgan qoidalari haqida hikoya qilingan. Jumladan, unda yozilishicha, jamoa avtobusi oshxona jihozlari bilan to‘liq jihozlangan. Xullas, klub oshpazi Alfons Shunbek o‘yinlarda ko‘p kuch sarflab qaytgan futbolchilarni o‘ta foydali taomlar bilan qarshi olish imkoniyatiga ega edi. U «Bavariya» vakillarining tezroq tiklanishlari uchun pasta, turli salatlar, go‘sht yoki baliq mahsulotlaridan mazali taomlar tayyorlab turardi. Biroq barchasi talab darajasida bo‘lsada, Gvardiola Germaniya futbol ittifoqidan tajribali diyetolog - Mona Nemmerni ham klubga jalb etadi va u har bir o‘yinchining ovqatlanish tartibini mutlaqo o‘zgartirib yuboradi. Chunonchi, Italiyada o‘tkazilgan tibbiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, sportchining qancha vaqtda tiklanishi bevosita uning ovqatlanish tartibiga va nimalarni tanovul qilishiga bog‘liq ekan. Agar futbolchi to‘g‘ri ovqatlansa, o‘yindan keyingi 3 kunda 80 foiz tiklanishi mumkin. Ya’ni mushak glikogenlari deyarli o‘z holatiga keladi. Ha, 80 foiz tiklanadi! Bordiyu, futbolchi katta kuch yo‘qotilgan payt duch kelgan narsani paqqos tushirsa, nima bo‘ladi? Shunchaki, mushaklar shikastlanishi xavfi sezilarli darajada oshadi.

Braziliyaga nimalarni olib borishgandi?

Tabiiyki, JCH-2014 ishtirokchilari Braziliyaga faqat futbol ekipirovkalari bilan borishmagan. Ya’ni jamoalar oziq-ovqat mahsulotlari olishni ham unutishmagan. Deylik, italyanlar pishloq, zaytun yog‘i va dudlangan go‘sht mahsulotlari zaxirasiga e’tibor qaratgan bo‘lsalar, amerikaliklar so‘li yormasi, yong‘oq moyi va steyk uchun sous olishgan. Meksikaliklar esa qalampir va turli ziravorlar bilan borishgan. Umuman, har bir terma jamoa maxsus vrachlar va diyetologlar ishtirokida o‘zi uchun ovqatlanish tartibini ishlab chiqqan. Bunda mamlakatlar milliy taomlari va futbolchilar xohishi inobatga olingan, albatta. «Bizning «yoqilg‘i» - pasta. O‘yinlardan oldin ham uch xil rangga urg‘u qaratamiz: pasta - oq, pomidor - qizil va alohida zaytun yog‘i - yashil»,-deya o‘ziga xos tarzda izohlagandi Italiya terma jamoasi taomnomasini uning muallifi Elizabetta Orsi. Darvoqe, Fabio Kapello Angliya termasida taomnomada ketchup bo‘lishiga qarshi chiqqandi. Biroq inglizlarning yana bir ustozi Roy Xojson uni stol ustiga qaytargandi.

«Napoli» futbolchilari «Real» bilan o‘yinga pissasiz

«Napoli» klubi tibbiyot shtabi CHL 1|8 finali doirasida «Real»ga qarshi kechadigan o‘yin arafasida futbolchilarga belgilangan parhez tartibini o‘zgartirdi. IlMattino ma’lumotiga asosan aytsak, neapollik o‘yinchilar pissa iste’molidan qaytishlari shart. Shuningdek, futbolchilarga xohlagan turdagi alkogol ichimliklari taqiqlab qo‘yildi. Xullas, Italiya klubi tibbiy xodimlari alohida ishlab chiqarilgan parhez tartibi yordamida futbolchilarni «Santyago Bernabeu» stadionidagi o‘yinga eng yaxshi formada borishlarini ta’minlamoqchilar.

Messi muqobil tibbiyotdan foydalangan

«Barselona»ning transferlar bo‘yicha maslahatchisi Charli Reksach intervyularidan birida Messi vaqtida pissaning ko‘p iste’mol qilishi tufayli ancha qiynalganini oshkor etdi. Umuman, argentinalik dahocha oldinlari o‘zining oziq-ovqat rasioniga mutlaqo beparvo qaragan. Faqat mushaklar tizimiga bog‘liq jarohatlar joniga tekkani, qolaversa, tez-tez ko‘ngil aynishiga duch kelganidan keyingina (Lionel hattoki, o‘yin payti bir necha marta maydonga qusib yuborgan) mashhur diyetolog - italiyalik Juliano Pozerga murojaat qilgan. Unga bu mutaxassisni hamyurti Martin Demikelis tavsiya etgandi. Italiyalik diyetologning davolash usuli keng qamrovli kombinasiyani o‘z ichiga oladi: naturopatiya (ranglar vositasi yordamida), his-tuyg‘u terapiyasi va muvofiqlashtirilgan parhez. Qisqasi, Pozer futbolchi oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi. Leo unga ko‘ra, faqat mutlaqo tabiiy mahsulotlar - sabzavotlar, baliq go‘shti, sifatli mineral suvi va zaytun yog‘i iste’mol qilishi kerak edi. Italyan mutaxassisining maslahatlari nechog‘li naf keltirganini Messining o‘zigina aytishi mumkin. Ammo bu usul samara bergan ko‘rinadi. Harqalay, u avvalgi muammolardan xalos bo‘ldi, chog‘i. Argentinalikning shaxsiy taomnomasidan tuzlangan yeguliklar va tarkibida shakar moddasi ko‘p mahsulotlar olib tashlanganini ham aytish joiz. U ayni payt asosan oq non va go‘sht mahsulotlari tanovul qilish bilan cheklanadi.

Krishtianu sira ichmaydi

Krishtianu Ronaldu o‘z organizmiga nisbatan professional darajada yondashadigan yulduzlardan biridir. U ayniqsa, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga katta ahamiyat beradi. Misol uchun, portugaliyalik futbolchi alkogol ichimliklari yoniga ham bormaydi. To‘g‘ri, bunda spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan otasi taqdirining ta’siri bordir. Lekin Ronalduning o‘tkir ichimliklarga salbiy qarashining asosiy sababi boshqa, baribir. Axir alkogol futbolchining bor mahoratini namoyish etishiga xalaqit beradi.

A. AHMEDOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:44, 27.02.2017.
O'qildi: 11384 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.