Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL, 26-tur. "Lester" "Liverpul"ni yutib qo‘ydi

APL, 26-tur. "Lester" "Liverpul"ni yutib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 26-turida "Lester" "Liverpul"ni qabul qilib 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin oldidan ko‘pchilik Ranyerisiz qolgan "tulkilar"ning mag‘lubiyatini kutgan di, ammo shu kungacha italiyalik mutaxassisga yordam berib kelgan Kreyg Shekspir qo‘l ostida birinchi uchrashuv o‘tkazgan "Lester" chempionat peshqadamlaridan biri bo‘lgan "Liverpul" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

60-daqiqaga kelib "Lester" hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib kelib qo‘ygan edi. 68-daqiqada Drinkouter "Liverpul"ning yagona golini urdi va hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.

Lesterliklardan Vardi dubl qilgan bo‘lsa, Drinkouter ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Bu g‘alabadan so‘ng "Lester" 15-o‘ringa ko‘tarildi va xavfli hududdan biro uzoqlashdi.

Angliya chempionati, 26-tur
Lester – Liverpul 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 28 Vardi, 2:0 – 39 Drinkuoter, 3:0 – 60 Vardi, 3:1 – 68 Koutinyo.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Xut, Fuks, Marez (Grey, 80), Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton (CHiluell, 90), Okadzaki (Amarti, 69), Vardi.
Liverpul – Minyole, Klayn, Matip, Leyva (Vudbern, 84), Milner, Lallana (Origi, 66), Jan, Veynaldum, Mane (Moreno, 66), Firmino, Koutinyo.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:50, 28.02.2017.
O'qildi: 10641 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.