Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Barselona": "Biz safar o‘yinlarida hakamlarga sovg‘a bermaymiz"

"Barselona": "Biz safar o‘yinlarida hakamlarga sovg‘a bermaymiz"

Baho:
+ | -

Ispaniyada "Vilyarreal" prezidenti Fernando Roigning primeraning 24-turida "Real"ga qarshi uchrashuv hakami Xesus Xil Mansano nomiga aytgan so‘zlari keng muhokama qilinmoqda.

"Barselona" ham bundan chetda qolmadi.

"Biz safar o‘yinlarida hakamlarga sovg‘a bermaymiz. Buni uy uchrashuvlarida bajaramiz. Nima bo‘lganda ham biz boshqa klublarning ishiga baho bermaymiz", - deydi "Barselona" klubi vakili Xosep Vives AS gazetasiga.

"Vilyarreal" o‘z maydonida 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qarmay "Real"ga 2:3 hisobida yutqazdi. Madridliklarning ikkinchi goli ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu gol Krishtianu Ronaldu tomonidan penaltidan kiritilgan. To‘p Bruno Sorianoning qo‘liga tekkach, Mansano 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgan edi. Roigning fikricha, Mansano madridliklarga yordam qo‘lini cho‘zgan, bundan tashqari o‘yindan so‘ng hakamlar stadion binosini "Real" sumkalari bilan tark etganini aytgan.

O‘z navbatida Ispaniya hakamlar qo‘mitasi vakili voqeaga "sumkalarda "Real" nishonlari, brelok va ruchka bo‘lgan" deya sharh bergan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:44, 28.02.2017.
O'qildi: 9716 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.