Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Liverpul»: Klopp Rojersdan yaxshiroqmi?

«Liverpul»: Klopp Rojersdan yaxshiroqmi?

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning qiyinchiliklari davom etmoqda. «Xavfli zona»da bo‘lgan «Lester»ga qarshi o‘yinda «qizillar» g‘alaba uchun yaxshi imkoniyatga ega edi va bu orqali Premyer Ligada uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin edi. Biroq Ranerini iste’foga chiqargan amaldagi chempionlar mehmonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Agar biz o‘zimizning eng yaxshi darajamizda o‘ynasak, bizni yengish qiyin bo‘ladi. Biroq men «Lester»ning Chempionlar Ligasidagi o‘yinini ko‘rdim va ularning o‘yinga qaytishi ajoyib bo‘ldi. Biz o‘zimizga juda ishonib qolmasligimiz kerak. Qiliniadigan ishlar ko‘p, biroq eng asosiysi – eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishdir», – degan edi «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp ushbu o‘yin oldidan.

O‘yin davomida esa haqiqatan ham kuzatilgan eng katta muammo – bu «Liverpul» o‘zining eng yaxshi darajasidan ancha uzoqda bo‘lganidir. Ayni paytda Premyer Ligada beshinchi o‘rinda borayotgan «qizillar» keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida o‘ynashni maqsad qilgan, biroq Yurgen Klopp jamoasi yana g‘alabalrga erishishi uchun kerakli yechimlarni topa olmayapti.

«Liverpul» barcha musobaqalarda o‘tkazgan so‘nggi 7 o‘yinidan faqat bittasida g‘alaba qozondi («Tottenhem» ustidan). Jumladan, jamoa «Hall Siti», «Soutgempton» va hatto «Suonsi»ga mag‘lub bo‘ldi. Bu Klopp hech narsa qila olmayotganidan dalolat beradi. Uning Premyer Ligadagi dastlabki 56 o‘yini avvalgi murabbiy Brendan Rojersga qiyoslansa, natija bir xil ekanligi ma’lum bo‘ladi: ikkala murabbiyda ham 27 g‘alaba, 16 durang, 13 mag‘lubiyat va 97 ochko.

Dastlabki 56 o‘yinda Brendan Rojers jamoasi 114 gol urib (ayniqsa Luis Suares xizmatlari evaziga), 64 ta gol o‘tkazib yuborgan. Klopp jamoasi esa 110 gol urib, o‘z darvozasidan 73 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Shuningdek, Rojers jamoasi «Enfild»da ko‘proq g‘alaba qozongan: 17 ta (Kloppda 14 ta).

Shunday ekan, agar Chempionlar ligasiga chiqishni va umuman «Liverpul» bilan sovrinlar yutishni istasa, Klopp Angliya Premyer Ligasiga moslashtirilgan yechimlar topish orqaligina buni uddalashi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 19:01, 28.02.2017.
O'qildi: 7255 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик