Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Paxtakor" - "Qizilqum": to‘qnashuv raqamlari va ma’lumotlar

"Paxtakor" - "Qizilqum": to‘qnashuv raqamlari va ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Oliy liganing 2017 yilgi mavsumini "Paxtakor" 3 mart kuni Toshkentda "Qizilqum"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

1-tur bellashuvidan oldin biz jamoalar to‘qnashuvlariga oid raqamlar va ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Oliy ligada jamoalar 34 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 28 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 5 bor raqib bilan durang o‘ynagan va bir marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 91 gol urilib, 19 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 14tasida jamoamiz g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. Navoiy jamoasi oxirgi marta safarda 2010 yil ochko olgan - 0:0. Mehmondagi so‘nggi golini "Qizilqum" 2009 yil kiritgan.

Oliy liga tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 11:0 hisobi jamoalarning Navoiyda 2007 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" mezbonlarni o‘ta yirik hisobda dog‘da qoldirgan.

Uchrashuvni Sherzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Hozirgacha oliy ligada Qosimov "Paxtakor" ishtirokidagi 8 bellashuvda o‘yinni boshqargan. Ularning 5tasida jamoamiz zafar quchgan bo‘lsa, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etilgan.

"PAXTAKOR" - "QIZILQUM"

Hakamlar: Sherzod Qosimov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent), Igor Xudoydotov (Toshkent).

Nazoratchi: Igor Nexochin (Namangan).

PFL vakili: Sherzod Rajabov.

Yoshlar tarkiblari o‘yini 2 mart, payshanba kuni 16:00da Qibraydagi stadionda start olsa, asosiy jamoalar to‘qnashuvi 3 mart, juma kuni "Paxtakor" stadionida 17:00da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 11:48, 01.03.2017.
O'qildi: 6251 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик