Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Qo‘qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtirdi

"Qo‘qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Qo‘qon shahridagi “Tadbirkorlar markazi”ning anjumanlar zalida “Qo‘qon-1912” jamoasining yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Akramjon Anorqulovich Abdullayev, “Qo‘qon spirt AJ” bosh direktor o‘rinbosari Maqsudjon Umarov, jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va ko‘plab muxlislar ishtirok etishdi.

Dastlabki so‘z Qo‘qon shahar hokimi Akramjon Anorqulovich Abdullayevga berildi.

-Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Navbatdagi futbol mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi, deb so‘z boshladi Akramjon Anorqulovich. – Barchangizga ma’lumki, “Qo‘qon-1912” jamoasi mavsumga tayyorgarlik jarayonida qizg‘in ish olib bordi Buning natijasida tarkibga bir qator kuchli futbolichilar kelib qo‘shilishdi. Bu esa muxlislarimizga ishonch o‘yg‘otdi. 4 mart kuni “Qo‘qon-1912” jamoani jiddiy sinov kutib turibdi. O‘ylaymanki, qilingan mehnatlar o‘z samarasini beradi. Jamoamiz oldiga oltinchi o‘rinni egallash vazifasi qo‘yildi. Keyingi yilgi maqsad esa OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishdan iborat. O‘zbekiston Kubogida muvaffaqiyat qozonish orqali ham ushbu niyatga erishish mumkin bo‘ladi.

Yangi mavsumda futbolchilarimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Umid qilamanki, jamoa a’zolari g‘alabali o‘yinlari bilan muxlislarni xushnud etishadi.

Shundan keyin “Qo‘qon-1912” jamoasi vise-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov so‘zga chiqib quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

– Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. XXVI milliy chempionat bahslari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. An’anaga ko‘ra bugun yangi mavsum oldidan jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan yangi o‘yinchilarni tanishtirib o‘tamiz.

4 mart kuni futbolchilarimiz chempionatni “Nasaf”ga qarshi kechadigan o‘yin bilan boshlashadi.

O‘tgan mavsum biz uchun og‘ir kelganiga qaramay, chempionatni 12-o‘rinda tugatishga muvaffaq bo‘ldik.

Murabbiylar shtabi ham seleksiya ishlarini samarali olib borishganini aytib o‘tish o‘rinli deb bilaman.

Yana bir yangilik bu yildan NIKE kompaniyasi bilan O‘zbekistonda ikkinchi bo‘lib hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik.

Bugun yangi mavsum oldidan safimizga kelib qo‘shilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtirib o‘tamiz.

O‘tgan yilgi mavsumda muxlislarimiz har doim bizni qo‘llab-quvvatlab kelishdi. Buning uchun ularga minnadorchilik izhor etamiz. O‘ylaymizki, bu yil ham ular bizni yolg‘izlatib qo‘yishmaydi.

Dastavval bu yilgi bahslarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan, aniqrog‘i, PFL tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan barcha futbolchilar muxlislarga tantishtirib o‘tildi.

Shundan keyin jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Muzaffar Abdullayev, Murod Xolmuhammedov, Akmal Xolmurodov, Aleksandr Merzlyakov, Ruslan Meleziddinov, Jamshid Hasanov, Bahodir Pardayev, Andrey Sidorov va Filip Rayevaslar keng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Kim qaysi raqamda to‘p suradi: Muzaffar Abdullayev – 21, Ruslan Meleziddinov – 85, Andrey Sidorov – 11, Bahodir Pardayev – 18, Murod Xolmuhammedov – 77, Aleksandr Merzlyakov – 23, Akmal Xolmurodov – 26, Jamshid Hasanov – 7, Filip Rayevas – 99.

Shuningdek, ushbu mavsumda jamoamiz murabbiylar shtabida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘tgan yili futbolchilik faoliyatini tugatgan Aziz To‘xtaboyev yordamchi murabbiy sifatida ishlaydi. Yana bir sobiq futbolchimiz Andrey Baklanov darvozabonlar murabbiyi bo‘ldi. Murabbiylar shtabidan shuningdek Muhiddin Abduvaliyev ham o‘rin olgan.

O‘rinbosarlarimizni esa Muhsin Nizomiddinov boshqaradi. Unga Rahmatullo Inog‘omov yordam beradi. Ushbu murabbiylar ham muxlislarga tanishtirildi.

Tadbirning yana bir qismi muxlislar bilan savol-javob tarzida o‘tdi. Unda marosimga tashrif buyurgan ko‘p sonli ishqibozlar klub rahbariyatiga o‘zini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishdi.

Marosimda bosh murabbiy No‘’mon Hasanov ham so‘zga chiqib quyidagilarni aytib o‘tdi.

– O‘zim istagan futbolchilarni tarkibga jalb etishga yordam bergan klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bizga Nikola Valentich yetishmaydi. Serbiyalik himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi.

Oldin ham aytganman, biz faqat muxlislar uchun o‘ynaymiz. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. O‘tgan yildagidek ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashi bizga katta madad bo‘lishiga ishonaman.

Jamoa sardori Nosir Otaqo‘ziyev futbolchilar nomidan so‘z olib shunday dedi: Klub rahbarlari va bosh murabbiymiz aytgan gaplarga qo‘shilaman. Muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushamiz. Har bir bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Marosim so‘nggida futbolchilar esdalik uchun suratga tushishdi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:36, 02.03.2017.
O'qildi: 5848 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.