Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Radu Rogak: «Dinamo»da yanada o‘sishga erishaman»

Radu Rogak: «Dinamo»da yanada o‘sishga erishaman»

Baho:
+ | -

Oliy Liga yangi mavsumi boshlanishidan oldin «Dinamo» jamoasi safiga moldovalik yosh himoyachi Radu Rogak kelib qo‘shildi. 21 yoshli Moldova yoshlar terma jamoasi a’zosi «Dinamo»ning Qozog‘istonning «Kaspiy» klubiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida maydonga tushib, yagona goli bilan Samarqand klubiga g‘alaba keltirdi. Jamoa bilan shartnoma imzolagan legioner futbolchi bilan suhbatda bo‘ldik.

- Radu, dastlab futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz…

- 1995 yil Moldovaning Belsi shahrida tavallud topganman va futbolga ilk qadamlarni ham aynan shu yerda qo‘yganman. Shahrimizning «Zarya» klubi akadamiyasida tahsil olib, 16 yoshimda ushbu klub a’zosiga aylandim. «Zarya» bilan birga Moldova chempionatida uchinchi o‘rinni oldim, qolaversa Moldova yoshlar terma jamoalarida ham to‘p surdim.

- O‘tgan mavsumda «Ungeni» jamoasi sharafini himoya qilgansiz, shundaymi?

- To‘g‘ri, «Zarya»dagi to‘rt yillik faoliyatimdan keyin jamoa o‘tgan mavsumda meni oliy divizionning yana bir jamoasi sanalmish «Ungeni» klubiga ijara asosida berdi. Ushbu klub safida yarim yil to‘p surdim. Shundan so‘ng o‘zimni Moldova chempionatidan tashqarida sinab ko‘rishga qaror qildim.

- «Dinamo»ga kelishingiz varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Bilishimcha, klub bosh menejeri Ilhom Sharipov seleksiya masalasida do‘sti Azamat Abduraimovdan yordam so‘ragan. Azamat Birodarovich bilan tanish ekanligim bois, menga O‘zbekiston chempionati ishtirokchisi «Dinamo»dan taklif borligini aytdi. Ayni o‘sadigan yoshdaman, qolaversa O‘zbekiston chempionati Moldova chempionatidan saviya borasida yuqoriligi uchun «Dinamo» safiga kelib qo‘shildim.

- Dastlabki taassurotlaringiz qanday?

- Ijobiy, albatta. O‘zbekiston haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lmasamda, Samarqand Toshkentdan keyingi o‘rinda turuvchi shaharligini bilaman. Bir hafta davomida Toshkentdagi yig‘inda ishtirok etdim, shahar va mamlakatingiz menga juda yoqdi. «Dinamo» jamoasi ham menda yaxshi taassurot qoldirdi. Murabbiylar tarkibda asosan yoshlarga ishonch bildirishmoqda. Jamoa juda ham ahil, tarkibda yaxshi futbolchilar yig‘ilganligi guvohi bo‘ldim. Eshitishimcha, Samarqandda futbolni juda sevishadi va o‘yingohda minglab muxlislar yig‘iladi.

- «Zarya» safida bungacha «Lokomotiv» va «Neftchi» safida to‘p surib ketgan Aleksandr Onika to‘p suradi. Bu yerga kelishingizdan oldin bu masalada u bilan maslahatlashdingizmi?

- Sasha Onika jamoamiz sardori va do‘stim sanaladi. Uning O‘zbekistonda muvaffaqiyatli to‘p surganidan xabarim bor. Ammo taklif to‘satdan bo‘lgani uchun bu masalada u bilan maslahatlashganim yo‘q. Bu yerga kelib tanlovda adashmaganimga guvoh bo‘ldim.

- Siz Moldova chempionatida qarshi to‘p surgan hujumchi Vadim Chemirtanning yurtimizdagi faoliyatidan xabaringiz bormi?

- Albatta. Moldovada Chemirtanga qarshi ko‘p o‘yinlarda maydonga tushganman. Kuchli hujumchi deb hisoblayman. O‘tgan mavsumda O‘zbekistonda «Buxoro» safida to‘p surganligini, bu yil esa «Bunyodkor» klubiga o‘tganligini bilaman. Chunki Moldovada futbol nashrlari xorij chempionatlarida to‘p surayotgan moldovalik futbolchilar faoliyatini yoritib borishadi.

- Faoliyatingiz davomida ilk marta legioner sifatida yurtingizdan tashqaridan to‘p surayapsiz. 21 yoshda hamma ham bunga jur’at etolmaydi…

- Eng asosiysi futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchida deb o‘ylayman. To‘rt yil davomida Moldova chempionatida to‘p surishim, yoshlar terma jamoalari safida Yevropaning kuchli termalari bo‘lmish Belgiya va bir qator yoshlar termalariga qarshi o‘yinlar menga katta tajriba bo‘ldi. Shu bois o‘zimni legioner sifatida nisbatan kuchliroq ligada to‘p surishga qodirman deb hisobladim. «Zarya» safida men bilan himoya markazida yonma-yon to‘p surgan sobiq jamoadoshim Muhammad Kone ayni damda amaldagi chempion Toshkentning «Lokomotiv» klubi safida to‘p surmoqda. Osiyo Chempionlar Ligasidagi dastlabki tur o‘yinida u yomon taassurot qoldirmadi.

- Reja va maqsadlaringiz nimalardan iborat?

- Bizni juda og‘ir va qiziqarli mavsum kutib turibdi. «Dinamo» safida samarqandlik muxlislar va murabbiylar ishonchini oqlashga intilaman. Hali yoshman, yanada o‘sish va rivojlanish uchun keldim. Umid qilamanki, «Dinamo» bilan ko‘zlangan maqsadga yetishib, karyeramda yangi yorqin sahifa ochaman.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

 

Ma’lumotnoma:

RADU ROGAK

Tug‘ilgan yili va joyi: 1995 yil 7 iyun, Moldova.

Ampluasi: himoyachi

Bo‘yi: 184 cm; Vazni: 66 kg;

To‘p surgan klublari:

«Zarya» (Moldova) – 2013-2016

«Ungeni» (Moldova) – 2016.

Terma jamoa safida:

Moldova U-19, U-21 yoshlar termalari safida 22 o‘yinda, 1 ta gol.

Yutuqlari: Moldova Kubogi sohibi (2015-16), Superkubok finalchisi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:05, 02.03.2017.
O'qildi: 5877 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.