Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

Mourinyo: «Manchester Yunayted» bilan yangi sovrinlar sari

Mourinyo: «Manchester Yunayted» bilan yangi sovrinlar sari

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo xursand ko‘rinmaydi. Uning «Manchester Yunayted»i «Soutgempton»ni mag‘lub etib, Angliya kubogini qo‘lga kiritdi va u «Old Trafford»ga kelganidan buyon ilk yirik sovrinini qo‘lga kiritdi (avgustdagi superkubok hisobga olinmasa). Uning biroz tabassum qilishga haqqi bor, biroq u buni ko‘rsatmayapti.

Albatta, porutgaliyalik mutaxassis perfeksionist bo‘lib, jamoasining «Soutgempton»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinidan ko‘ngli to‘lmagani tabiiy. «Yunayted» 2:0 hisobida oldinda borayotib, ikkita gol o‘tkazib yubordi va finalni boy berishiga bir bahya qoldi. Biroq yakunda baribir 3:2 hisobida g‘alaba qozonishni uddaladi.

Ha, Mourinyo ko‘pincha g‘alaba qozonishning yo‘lini topadi. «Portu», «Chelsi», «Inter» va «Real»ning sobiq ustozi Kubokdagi g‘alabadan keyin yengil tortganini va «juda baxtli» ekanini aytganiga qaramay, uning qattiqqo‘l yuz ifodasi boshqa narsani ko‘rsatdi.

Ha, bu Mourinyo uchun yangilik emas. Hatto 2004-yilda «Portu» bilan Chempionlar ligasini yutganida ham murabbiy buni ko‘p nishonlamagan edi, buni umumiy jarayonning bir qismi sifatida qabul qilgan edi.

Mourinyo kubokdagi g‘alabaning qadrini biladi. Uning «Chelsi»dagi dastlabki sovrini ham, Londonga ikkinchi marta qaytganidagi ilk sovrini ham Liga kubogi bo‘lgan edi. «Inter»da Mourinyo Italiya Superkubogini yutishdan boshlagan bo‘lsa, «Real» bilan yutgan dastlabki sovrini ham Ispaniya Qiroli kubogi edi.

Har safar kubokdan keyin kattaroq sovrinlar kelgandi.»Yunayted»da esa dastlabki rasmiy o‘yinidayoq «Lester»ni mag‘lub etib qo‘lga kiritgan Angliya Superkubogi va o‘tgan hafta yutib olingan kubok ham keyingi sovrinlar uchun poydevor bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, jamoa Premer Ligada ushbu mavsumning katta qismini oltinchi o‘rinda o‘tkazayotgan va kuchli to‘rtlikka kirishga qiynalayotgan bir paytda bu sovrinning ham qadri baland.

Chempionlar Ligasidagi o‘rindan quruq qolish «Manchester Yunayted» uchun yana katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin, biroq yutib bo‘lingan sovrin Mourinyoga «Old Trafford»da yana bir imkon berilishiga turtki bo‘la oladi. Jamoa muxlislari esa buni yana yirik sovrinlar yutish davrining boshlanishi sifatida qabul qilishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:43, 03.03.2017.
O'qildi: 9322 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.