Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Arsen Venger: «Liverpul»ga qarshi o‘yin — «Arsenal» uchun hayot-mamot masalasi»

Arsen Venger: «Liverpul»ga qarshi o‘yin — «Arsenal» uchun hayot-mamot masalasi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 27-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Liverpul»ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Arsenal" Angliya chempionatining top-6 klublari – «Chelsi», «Tottenxem», «Manchester Siti», «Liverpul» va «Manchester Yunayted»ga qarshi so‘nggi 23ta safar uchrashuvida atigi 3ta marta g‘alaba qozongan.

«Futbolchilarim sifatli o‘yin borasida o‘zlariga o‘zlari qarzdor bo‘lib qolishdi. Ular yuqori saviyadagi futbolchilar, ammo "Bavariya"ga qarshi o‘yin kuni barcha narsa bizga qarshi ishladi: birinchi o‘yinni 1:1 hisobida yakunladik. Biroq ikkinchi bo‘limda hamma narsa "Arsenal"ga qarshi bo‘ldi. Biz 10 daqiqa ichida 3ta to‘p o‘tkazib yubordik. Bu ruhiy jihatdan juda og‘ir.

"Sannat"ga qarshi Kubok bahsida g‘alaba orqali javob qaytardik. "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ham g‘alaba qozonmoqchimiz. Shuningdek, biz uchun g‘alaba yana shunisi bilan muhimki, so‘nggi paytlarda bunday bahslarda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayapmiz.

«Liverpul» bilan o‘yin — biz uchun imkoniyat va undan foydalanishni istaymiz. Katta ishtiyoq bilan hujumga o‘tsangiz, natija keladi. Men uchun bu eng muhimi. Bu uchrashuv mavsumning qolgan muhim pallasi oldidan ruhiy jihatdan muhim o‘zgarish nuqtasi bo‘lishi mumkin», — dedi Venger.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:16, 03.03.2017.
O'qildi: 7490 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.