Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yoshlar ligasi. "Nasaf" "Buxoro"ni mag‘lub etdi

Yoshlar ligasi. "Nasaf" "Buxoro"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” yoshlari 2-tur uchrashuvida “Buxoro” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Dastlabki daqiqalarida mehmonlar tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Hisob ham ular tomonidan 13-daqiqada ochildi. O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujumda jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Mirfayz Muhiddinov darvozaga joylab qo‘ydi – 0:1.

Birinchi bo‘limning 30-daqiqasiga kelib, to‘p uchun kurashda qo‘pol harakat qilgan o‘yinchi Jasur Jumayev hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Natijada "Nasaf" maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi.

Mezbonlar o‘zini qo‘lga olishiga ancha  vaqt kerak bo‘ldi. Ular birinchi bo‘limning 44-daqiqasiga kelib hisobni tenglashtirishdi. "Buxoro" yoshlari darvozasiga golni Sardor Sadullayev urdi – 1:1. Birinchi bo‘lim ana shu hisob bilan nihoyasiga yetdi.

Ikkinchi bo‘limda yosh “ajdarlar” ancha mazmunli harakat qilishdi. Ular maydonda to‘pni nazorat ostiga olib, ketma-ket raqib darvozasiga hujumlar tashkil qilishdi. Ana shunday hujumlarning birida jarima maydoniga kirib borgan hujumchi Bobir Abduxoliqovni himoyachilar chalib yiqitdi. Belgilangan penaltini Sharof Muhitdinov aniq bajarib, hisobni 2:1 ga o‘zgartirdi.

Shundan so‘ng jamoa futbolchilari hujumlarni umuman to‘xtatishmadi. Uchrashuvning 78-daqiqasiga kelib, Bobir Abduxoliqov yana himoyachilarni ortda qoldirib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va mavsumdagi ilk golini urdi – 3:1.

Shunday qilib, maydonda bir kishi  kam bo‘lib harakat qilgan "Nasaf" buxorolik tengdoshlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z hisobiga dastlabki uch ochkoni yozib qo‘ydi.

Quyida uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing.

Yoshlar ligasi, 2-tur. 08.03.2017

“Nasaf” (Qarshi) – “Buxoro” (Buxoro) 3:1 (1:1)

Qarshi sh., “Geolog” stadioni. 15:30da

Bosh hakam: Asker Najafaliyev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Zufar Eliboyev, Jasur Bo‘riyev (ikkalasi ham Qarshidan)

Zaxira hakami:  Ravshan Abdivohidov (Qarshi)

Nazoratchi:   Radik Serazetdinov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Roman Chernikov.

Gollar: Sardor Sa’dullayev, 44’-1:1, Sharof Muhitdinov (pen.), 58’-2:1, Bobir Abduxoliqov, 78’-3:1 - Mirfayz Muhiddinov, 13’-0:1

“Nasaf”: 44.Muzaffar Sharipov (s) (30.Azizxon Isaqov 84), 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 9.Alfayzi Ne’matov (22.Akmal Olimov 56), 14.SHarof Muhitdinov (34.Navro‘zjon Saidov 68), 19.Saydullo Rahmatov (35.Jo‘rabek Mannonov 86),  20.Akmal Mozgovoy (23.Muhriddin Zoirov 84), 28.Sardor Sadullayev, 32.Jasur Jumayev, 33.G‘olib G‘aybullayev, 38.Doniyorjon Narzullayev (16.SHerzod Nasrullayev 89), 43.Bobir Abduxoliqov (7.Jahongir Qurbonboyev 89).

“Buxoro”: 12.Akmal Tursunboyev (25.SHohjahon Nasimov 80), 2. Ozodbek Qurbonov, 7. Mirfayz Muhiddinov,  3.To‘lqin Umarov, 8.Islom Xoliqov (14.Feruz Muinov 60 (93.Bexruz Shodmonov 82)), 10.Akobir To‘rayev, 18.Jamshid Hasanov (11.Xurshid Olimov 64), 23.Mirjalol Jumayev (17.Saiddoston Fozilov 82), 29.Ikromjon Hasanov, 33.Ravshan Yangiyev (16.Elshod Dilmurodov 63), 97.Ikrom Ivanov (9.Bahrom Narzullayev 43).

Ogohlantirish: Alfayzi Ne’matov 22, Sharof Muhiddinov 52 – Narimon Hasanov 57.

Chetlatish: Jasur Jumayev 30.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 20:56, 08.03.2017.
O'qildi: 6555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.