Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Davron Fayziyev: "O‘rtamiyonalar sindromi pand berdi"

Davron Fayziyev: "O‘rtamiyonalar sindromi pand berdi"

Baho:
+ | -

Kecha gul olish uchun do‘konga kirdim. Bir zumda o‘sha yerning o‘zida sotuvchilar va xaridorlar ishtirokidagi Chempionlar ligasi o‘yinlariga bag‘ishlangan tok-shou boshlanib ketdi. 8 mart xarakatlari bilan yugurib yurgan erkaklar sal futbol bilan chalg‘idik. Yoshi katta bir sotuvchi otaxon savol berdilar:

— Bolam, san yaxshiroq bilasan-ku, "Barselona" nima qilarkin bugun? (bu savol otaxon "Barsa"ga ekanligini bildirardi)

— Yutadi, menimcha...

— E, rahmat, shunaqa deb tur, buyog‘dagilar o‘yin masalasi hal bo‘lgan, deb boshimni qotirib o‘tirishibti. Shularga "bolet" qilaman...

Ochig‘i, yutadi deb shunchaki javob o‘yini natijasini nazarda tutgandim, otaxonning kayfiyatini tushirmaslik uchun "g‘alaba qozongani bilan, chiqa olmasa kerak", deb gapimni davom ettirmadim. Yaxshiyam davom etmagan ekanman.

O‘yin tugagach o‘sha dialog esimga keldi. Otaxon ham meni eslaganlari aniq :)

Bunday fantastik o‘yinlarning yana bir zo‘r tarafi - aynan uchrashuv oldidan va tugagandan keyingi muhokama hamda bahslardir. "Barselona"ga muxlislik qiladigan do‘stlarimni tabriklayman! PSJning muammosi esa - "Barselona"ga qarshi avtobus uslubidagi himoyaviy uslub bilan o‘yinni boshlaganidir. Gap shundaki, "Barsa" deyarli har hafta Ispaniya La Ligasida "avtobus"chilarga qarshi o‘ynaydi va bunday yotib oladigan klublarni mag‘lub etish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ketgan. Emeri murabbiylik faoliyatining katta qismini La Ligada o‘tkazgan va unda Kamp Noudagi o‘rtacha jamoalar sindromi saqlanib qolibdi. Ya’ni maydonga tushmasdan ruhan mag‘lub bo‘lish.

Nima bo‘lganda ham tarixiy o‘yinga guvoh bo‘ldik, mazza qildik!

Davron FAYZIYEV,

"O‘zReportTV" telekanali sharhlovchisi

Kecha gul olish uchun do‘konga kirdim. Bir zumda o‘sha yerning o‘zida sotuvchilar va xaridorlar ishtirokidagi Chempionlar ligasi o‘yinlariga bag‘ishlangan tok-shou boshlanib ketdi. 8 mart xarakatlari bilan yugurib yurgan erkaklar sal futbol bilan chalg‘idik. Yoshi katta bir sotuvchi otaxon savol berdilar:

- Bolam, san yaxshiroq bilasan-ku, "Barselona" nima qilarkin bugun? (bu savol otaxon "Barsa"ga ekanligini bildirardi)

- Yutadi, menimcha...

- E, rahmat, shunaqa deb tur, buyog‘dagilar o‘yin masalasi hal bo‘lgan, deb boshimni qotirib o‘tirishibti. Shularga "bolet" qilaman...

Ochig‘i, yutadi deb shunchaki javob o‘yini natijasini nazarda tutgandim, otaxonning kayfiyatini tushirmaslik uchun "g‘alaba qozongani bilan, chiqa olmasa kerak", deb gapimni davom ettirmadim. Yaxshiyam davom etmagan ekanman.

O‘yin tugagach o‘sha dialog esimga keldi. Otaxon ham meni eslaganlari aniq :)

Bunday fantastik o‘yinlarning yana bir zo‘r tarafi - aynan uchrashuv oldidan va tugagandan keyingi muhokama hamda bahslardir. "Barselona"ga muxlislik qiladigan do‘stlarimni tabriklayman! PSJning muammosi esa - "Barselona"ga qarshi avtobus uslubidagi himoyaviy uslub bilan o‘yinni boshlaganidir. Gap shundaki, "Barsa" deyarli har hafta Ispaniya La Ligasida "avtobus"chilarga qarshi o‘ynaydi va bunday yotib oladigan klublarni mag‘lub etish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ketgan. Emeri murabbiylik faoliyatining katta qismini La Ligada o‘tkazgan va unda Kamp Noudagi o‘rtacha jamoalar sindromi saqlanib qolibdi. Ya’ni maydonga tushmasdan ruhan mag‘lub bo‘lish.

Nima bo‘lganda ham tarixiy o‘yinga guvoh bo‘ldik, mazza qildik!

Davron FAYZIYEV,

"O‘zReportTV" telekanali sharhlovchisi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:39, 09.03.2017.
O'qildi: 10465 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик