Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Safarali Siddiqov: PSJ uchun munosib jazo!

Safarali Siddiqov: PSJ uchun munosib jazo!

Baho:
+ | -1

Bundan 4 yil muqaddam "Bavariya" "Barselona"ni 4:0 hisobida yengganda o‘shanda ham o‘z uyida "Barselona" "kambek" ko‘rsatishiga ishonganlar istagancha topilardi. Shaxsan o‘zim ham "Bavariya"ni muddatidan oldin finalda tasavvur qilmayotgandim. Lekin futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Chempionlar Ligasining 1993/1994 yillardagi mavsumidan o‘rin olgan "Verder"- "Anderlext" o‘yinini tomosha qilganimda undan-da kuchli intrigani ko‘rganmiz. Birinchi taymdan keyin 0:3 hisobi bilan imkoniyatni boy berayotgan "Verder" tanaffusdan keyin hisobni 5:3 ko‘rinishiga olib kela oldi.

Yevro-2000 guruh bosqichining Yugoslaviya-Ispaniya o‘yinida ham xuddi kechagi "Kamp Nou"da kechgan manzaraning guvohi bo‘ldik. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida hisob 3:2. Yugoslaviya foydasiga. Ana shundan so‘ng Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Abelardo raqib jarima maydonchasiga borib "artistlik" ishlatdi. Penaltidan ispanlar unumli foydalanishdi. Hisob — 3:3. Bu hisob ham ularni guruhdan chiqishlariga yordam bermaydi. Ana shunda hakam yana bir marta imkoniyat yaratib berdi — o‘yin ispanlar g‘alaba to‘pini kiritgunlaricha ushlab turildi. Mana sizga spektakl.

Ana endi kechagi o‘yinga qaytamiz. Birinchi taymda "Barsa" zo‘r o‘ynadi. Har tomonlama. Ular 0:4 hisobini yo‘qqa chiqarib, tarixga qolish uchun astoidil harakat qilishdi. Gollar ham toza urildi. PSJ esa o‘ziga umuman o‘xshamadi. Ikkala gol ham himoyachilarning xatolaridan, deyarli bartaraf etsa bo‘ladigan vaziyatlardan kiritildi. Tanaffusga "Barsa" minimum vazifani bajarib chiqib ketdi.

Tanaffusdan keyin PSJ darvozasi tomon shubxali penalti. Menimcha, penalti bermasa ham bo‘lardi. Messi jarima to‘pini qoyilmaqom ijro etdi. Keyin Kavanining zarbasi ustunga tegdi. Bu Kataloniya klubi uchun o‘ziga xos ogoh kung‘irog‘i edi. Ammo o‘sha kimlardir xavotir olgan voqea sodir bo‘ldi. Kavani niyatiga erishdi. Ehtimol ana shu gol PSJning kechagi alamli mag‘lubiyati uchun asos bo‘lgandir. Axir "Barselona" oxirigacha kurashadigan jamoa.

Goldan keyin PSJ zo‘r o‘ynadi. 88-daqiqagacha ham o‘zlari tuzgan ssenariyni ko‘ngildagidek namoyish etib kelishayotgandi. Kavanining golidan keyin vazifa bajarilgan hamma hakamning final hushtagin kutmokda. 89-daqiqadan keyin asosiy vakt tugaydi, undan keyin hakam nari borsa 3 daqiqa qo‘shar. O‘zi o‘yinda uncha to‘xtalishlar bo‘lgani yo‘q, futbolchilar ham kam almashtirildi. Ana shu so‘nggi daqiqalarda parijlik futbolchilar o‘zlarini muddatidan oldin chorak finalda his etib yuborishdi. 88-daqiqada ham shaxsan men o‘yin taqdiri hal bo‘lganiga ishonmayotgandim. O‘ylaganimday bo‘lib chikdi. Dastlab Kavani va Di Mariya yuz foizlik imkoniyatni barbod etishdi. Agar PSJga gol suv va havodek zarur bo‘lganda ular bu ishni uddalardilar. Neymar «ko‘k-anorranglilar»ning to‘rtinchi golini urganda ham darvozabon zarbani qaytarsa bo‘lardi. Qolaversa, jonli devor ham noto‘g‘ri qo‘yildi. PSJ futbolchilari bundan buyog‘iga "Barselona" 3 ta gol urolmaydi, deb o‘ylashgan chog‘i. Kavani va Di Mariyalar qulay vaziyatni ko‘kka sovurishganda ular ham shuni o‘ylashgan, menimcha. Futbolda sen urmasang, senga urishadi degan naql bor. Chorak finalda ekaniga ortiqcha ishonib yuborgan PSJ oxirida munosib jazolandi.

Ana endi bu yog‘iga o‘yin hakami Deniz Aytekin xo‘jayin. Bilasizmi, YECHL-2011/2012 yarim finalidagi "Barselona" -"Chelsi" o‘yinidan keyin "Chelsi" hujumchisi Didye Drogba nima degan?" Biz raqibga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rdik, hakamlarga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rdik. Chunki 2009 yilda hakamlar xuddi ana shu raqibga qarshi bahsda bizni sindirishganda, bu bizga yaxshigina saboq bo‘lgandi". Endi o‘ylab ko‘ring, kechagi Suaresning vaziyatida penalti bormidi?

Suares, men sening o‘yinlaringni yaxshi kurardim. Har qanday vaziyatda ham erkak bo‘l, inson bo‘l. Mayli, jamoang chorak finalga chiqmasa chiqmasin, lekin sen golni toza ur, futbolni toza o‘yna. Loaqal, JCH-1962 da sening vatandoshlaringga qarshi bahsda Ittifoq terma jamoasi yetakchisi Igor Nettoning mardligi hakidagi afsonani eshitmaganmisan? O‘shanda Netto hakamga jamoasining goli nohaqqoniy bo‘lganini bildirganini eshitgan bo‘lsang, sen ham Deniz Aytekinga yo‘q meni yiqitishmadi, o‘zim yiqildim deb ayta olasanmi?

Nima bo‘lganda ham bu PSJ uchun munosib jazo edi. Ular ikkala o‘yinda ham yaxshi o‘ynashdi. Vaziyatlarni ham ko‘kka sovurishdi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa tashlab qo‘yishdi. Bunday kechirilmas xatolarga yo‘l qo‘ygan jamoani esa, Serji Roberto munosib jazoladi. Agar Neymarning 89-daqiqadagi goli bo‘lmaganda hakam penalti ham belgilamasdi, o‘yinga 5 daqiqa emas, kamroq qo‘shib berardi. Ishonavering! Bo‘larning hammasiga PSJning o‘zi aybdor. Demak, hayot hali davom etadi. PSJ ham bu o‘yinlar orqali barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Biz bu jamoadan kelgusi mavsumlarda ham ana shunday o‘yinlar kutib qolamiz. "Barselona"ga esa omadlar tilaymiz!

Safarali SIDDIQOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:12, 09.03.2017.
O'qildi: 11261 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.